MOLEKULYAR BIOLOGIYA
MOLEKULYAR BIOLOGIYA – hayotning asosiy xususiyatlari na- moyon bo’lishini molekulyar daraja- da o’rganadigan fan. M. b.ning muhim yo’nalishlariga irsiy axborotni amalga oshirish mexanizmlari va hujayraning genetik apparati strukturasi xamda funktsional tuzilishini tekshirish (molekulyar genetika), viruslarning hujayra b-n o’zaro ta’siri mexanizmla- rini o’rganish (molekulyar virusologiya), organizmning immun reaktsiyalari krnu- niyatlarini aniqlash (molekulyar immu- nologiya), energiyaning hosil bo’lishi va o’zgarishining molekulyar asoslari (molekulyar bioenergetika) va b. kiradi. M. b. hayotiy hodisalarni makromoleku- lalar, ya’ni oqsil va nuklein kislotalar yoki juda sodda tuzilishga ega bo’lgan xa- yotiy ob’ektlar — hujayra komponent- lari, ya’ni mitoxondriy, xloroplast, ribosoma, yadro, hujayra membranalari, viruslar va prionlar darajasida tek- shiradi. M.b. 20-a.ning 50-y.larida biokimyo fanidan ajralib chiqdi va mustaqil fan sifatida shakllandi. M. b. terminini birinchi marta ingliz olimi u. Astbe- ri qo’llagan. M.b.ning vujudga kelishi ko’pincha F. Krik va J. Uotson tomoni- dan 1953 y.da DNK molekulasi gipo- tetik modelining kashf etilishi b-n bog’lanadi. Bu modelda DNK ning bio- logik funktsiyasi uning kimyoviy tuzi- lishi b-n bog’liq ekanligi ko’rsatilgan. Shuni ta’kidlash kerakki, DNK mole- kulasi o’zida irsiy axborotni saklashi haqidagi dastlabki ma’lumot 1944 y.da O. Everi va uning xodimlari tomonidan aniqlangan. M.b.ning shakllanishida genetika, mikrobiologiya, virusologiya sohasidagi tadqiqotlar katta ahamiyatga ega bo’ldi. Shu b-n birga anik, fanlar — fizika, kimyo, mat., kristallografiya va, ayniqsa, rentgen struktura taxlili bo’yicha erishilgan yutuqlar M.b.ning ri- vojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. M.b. sohasidagi kashfi-yotlarga ayrim oqsillarning strukturaviy tuzili- shi va ular bajaradigan funktsiyasi b-n strukturasi o’rtasidagi bog’lanishning aniqlanishi (M. Peruts, J. Kendryu, F. Senger, K. Ani-fensen, yu. Ovchinnikov va b.); nuklein kislotalar va ribosoma- larning tuzilishi hamda biologik funk- tsiyalari mexanizmlarning o’rganilishi (J. Uotson, F. Krik, R. Xolli, N. A. Be- lozerskiy, A. Baev), qaytar transkrip- taza fermentining kashf etilishi (X. Temin, D. Baltimor), genetik kodning ma’nosi ochib berilishi (M. Niren- Berg, S. Ochoa), oqsil biosintezining asosiy boskichlari (F. Krik, F. Jakob, J. Mono, A. Spirin) va nuklein kislo- talarning hosil bo’lish mexanizmlari aniqlanishi (A. Korenberg, S. Ochoa), viruslarning strukturaviy tuzilishi va ular replikasiyasi mexanizmlari hamda genetik muhandislik metodlarining ishlab chiqilishi (P. Berg, V. Arber, G. O. Smit, D. Natane), genning sintezla- nishi (X. Korana), prionlarning struk- turaviy va funktsional xususiyatlari aniqlanishi (S. Prusner), odam genomi- ning to’liq o’rganilishi va embryonal o’q hujayralarining kashf etilishi (M. Evene, J. Tompson, J. Bekker) misol bo’la oladi. O’zbekistonda M.b.ning rivojla- nishi o’tgan aerning 60-y.lariga to’g’ri keladi. Uning rivojlanishi biokimyo sohasidagi tadqiqotlar b-n chambarchas bog’liq. M.b. fan sifatida dastlab hoz. O’zMU ning biokimyo kafedrasida 1966 y.dan o’qitila boshlandi (yo. To’raqulov). M.b. soxasidagi i.t. ishlari O’zbekiston FA biokimyo institute faoliyati b-n bog’liq. Bu sohada eri- shilgan yutuklarga olimlarimizdan yo. To’rakulov, A. Ibragimov, T. Soashov, B. Tosh-Muhamedov, A. Abdukarimov, M. Raximov, Sh. Solihov, Sh. Azimo- va, T. Yusupov, O. Odilova va b. katta hissa qo’shgan. M.b. qishloq xo’jaligida (ko’p mahsulot beradigan zotlar va hosildor navlar olish maqsadida hayvon va o’simliklarning irsiy apparatni boshqarish va yo’naltirilgan o’zgarishlar hosil qilishda), mikrobiologiya sa- noati (biologik faol polipeptidlar, oqsillar va aminokislotalarni bakte- riyalar yordamida sintezlash)da, tibbiyot turli sohalari (virusologiya, immunolo- giya)npnt nazariy asosi sifatida katta amaliy ahamiyatga ega. Hoz. davrda M.b. oldida xavfli o’smalar va irsiy kasal- liklarning molekulyar muammolarini o’rganish, ularning oldini olish, kata- litik reaktsiyalar, gormonlar, zaharli va dorivor moddalar ta’sirining mo- lekulyar mexanizmlarini aniqlash, xo- tira mexanizmi va nerv jarayonlari ta- biatini aniqlash kabi muammolarni hal qilish vazifalari turibdi. M.b. bioki- Myo, biofizika, Bioorganik kimyo va bio- texnologiya b-n birga biol. ning bitta umumiy yo’nalishi bo’lgan fizikkimyoviy biologi-yaga kiradi. Ad.: To’raqulov Yo., Molekulyar biolo- giya, T., 1994; Spirin A., Molekulyarnaya biologiya, M., 1986; Albertes T. va b., Molekulyarnaya biologiya kletki, M., 1-5 t., 1987. Abdukarim Zikiryoev.