Molibden rudalari

Molibden rudalari — tar- kibidagi mo mikdori sanoat yo’li b-n ajratib olish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’lgan tabiiy mine- ral hosilalar. Yirik konlardagi ruda- larda mo ning o’rtacha mikdori 0,06— 0,3%, maydaroq konlarda esa 0,5—1%. Boshka rudalardan esa yo’ldosh component sifatida ajralib olinadi. M.r. endogen va ekzogen sharoitlarda hosil bo’ladi. Endogen yo’l b-n hosil bo’lgan rudalar skarnli, greyzenli va gidrotermal guruh konlar b-n bog’liq. Asosiy mineral ru- dasi molibdenit (MoS2) bo’lib, unda mo mikdori 60% ni tashkil qiladi. M.r.da Mo b-n turli nisbatlarda Si, W, ozroq mikdorda Bi, Be, Sn uchraydi; bundan tashqari, molibdenitda Re doimiy mav- jud. M.r. hududiy va genetik jihatdan intruziv jinslar (mismolibdenli turi monosit, granodiorit, granosienitlar; monometall molibdenli turi biotit- shox aldamchili granitlar; volframmo- libdenlisi leykokrat kamroq ishqorli granitlar) b-n bog’liq. Ekzogen M.r. esa ba’zan ko’mir qatlamlarida gil, krem- niyli slaneslarda, shunin-gdek, qattiq neft bitumlarida uchraydi. Ular- dagi mo organik moddalar b-n uzviy bog’liq bo’lib, Y, U, Ge b-n bir assosi- asiyada bo’ladi. Bu konlarda mo juda oz miqdorni tashkil etadi. M.r.ning asosiy qismi yirik skarnli va shtok- verli konlardan qazib olinadi. M.r. boyitilib, tarkibida 51% gacha bo’lgan kontsentrat olish mumkin. M.r.ning Yi- rik konlari O’zbekistonda (Olmaliq, Qoramozor, Zirabuloq-Ziyovuddin, Nu- rota), Qozog’iston, AQSh, Kanada, Chili, Meksika, Xitoy, Avstraliya va b. mamla- katlarda mavjud.