MO’MINA XOTUN MAQBARASI

MO’MINA XOTUN MAQBARASI -Naxichevan (Ozarbayjon)dagi me’mo- riy yodgorlik (1186). Osiyo davlatidagi ildegizlar Otabegi Muhammad Jahon Pahlavon rafiqasiga atab kurdirgan. Me’mori Ajamip. Tarhi aylana, 10 qirrali, minora shaklida, diametric 14 m ga yaqin, bal. 25 m. Tashqi kulohiy gumbazi (10 qirrali) saqlanmagan. Fax- riddin Roziy maqbarasi, Qaldirg’ochbiy maqbarasi gumbazlariga xos uslubda qurilgan. Maxrbatli shakl mutanosi- bligi va me’moriy bezagi serhashamligi b-n ajralib turadi. Devor qirralari va sharafasi, yassi ravoqlari handasiy va islimiy naqshlar, kufiy yozuvi, Fe – ruza koshin va sirlanmagan g’ishtlar b-n bezatilgan. Ravoqlar tepasidagi aylana yozuvda qurilgan yili va me’mor nomi saqlangan. Er-to’la markaziga tayanch ustu- ni o’rnatilgan bo’lib, ravoqlari o’zaro bir-biri b-n bog’langan. 2 sag’ana birin- ketin joylashgan. M.x.m.ning bezak va nisbat go’zalligi, mahobatli shakli na- xichevan me’morlik maktabida yaratilgan o’ziga xos xususiyatdir.