Monastirlar

Monastirlar (Yun. Monasterion — monaxlar maskani) — cherkovning muayyan yo’l-yo’riqlari asosida birga- likda yashovchi monax (rohib)lar jamoa- si; monaxlar jamoasi foydalanadigan ibodatxona, turar joy va xo’jalik bi- nolari majmui. Birinchi buddistlar M.i mil. AV. 1ming yillik o’rtalarida Hindistonda paydo bo’lgan. Budda M. i keyinchalik birma va Tailand (2-3-a. lar)da, Vetnam va Xitoy (4-a.)da, Koreya va Yaponiya (6-8-a.lar)da hamda Indo- neziya (7-a.)da vujudga keldi. Xristian M.i esa dastlab 3-4-a.larda Misrda, so’ngra Rim imperiyasi (4-5-a.lar)da, keyinchalik Evropada yuzaga kelgan. M. yirik er egalariga aylanib, diniy maf- kura markazi bo’lib qolgan. M. vujudga kelgan dastlabki paytlarda iqtisodiyot va madaniyat taraqqiyotida muayyan rol o’ynagan. O’zbekistonda rus pravoslav cherkovi Toshkent va O’rta Osiyo eparxi- yasiga qarashli 3 ta monastir bor: svya- to Nikolsk Troisk ayollar monastiri (Toshkent sh., Mirobod tumani), Svyato Pokrovsk ayollar monastiri (Toshkent viloyati, quyi Chirchiq tumani), Svyato Georgievsk erkaklar monastiri (Chirchiq sh.). Kamoljon Komilov.