Monodiya

Monodiya (Yun. — yakkaxon xonan- da qo’shig’i) — 1) Yunonistonda jo’rsiz yoki cholg’u (kifara, avlos) jurligidagi yakkaxon xonanda ijrosi; 2) 16-a. Itali- yada yunon dramasiga taklidan yuzaga kel- gan musiqa uslubi, cholg’ular akkordlari jurligida yakkaxon xonanda kuylashi (Ya. Peri, J. Kachchini, K. Monteverdi- larning opera va madrigallari; 3) keng ma’noda — har qanday bir ovozli kuy; 4) 1970-y.lardan boshlab (shu jumladan, O’zbekistonda) musiqashunoslar tomoni- dan M. atamasi musiqiy tafakkur turi ma’nosida ham tushuniladi. Unda garmo- niya, polifoniya yo’nalishidagi ko’p ovoz- li musiqadan farkli o’laroq ovozlarning o’zaro nisbatlari ichki uyg’unlikka asos- lanadi; ya’ni M. tarkibidagi ovozlar kuyning umumiy yo’nalishiga bo’ysunadi.