Monosaxaridlar

Monosaxaridlar – organic birikmalar, uglevodlarning asosiy guruhlaridan biri. Tarkibida gidrok- sil guruhlari, aldegid guruhi (Aldo – zalar) yoki ketoguruh (ketozalar) bo’ladi. Umumiy formulasi CnH2nOn (bu erda p=3+9). Zanjiridagi uglerod atomla- rining soniga qarab M., odatda, quyi M. (zanjirida 3 va 4 ta uglerod atomi bo’lgan) triozalar (S3N6O3) va tetro- zalar (S4N8O4), oddiy M. pentozalar (S5N10O5) va geksozalar (S6N|2O6), yuqori M. geptozalar (s7n|4o7), okto- zalar (C8HI6OS), nonozalar (C,Hi8O9) ra bo’linadi. Bulardan, geksozalar (mas, glyukoza, galaktoza, mannoza, frukto- za) va pentozalar (arabinoza, ksiloza, riboza va b.) muhim. M. suvda yaxshi, spirtda oz eriydi, efirda esa erimay- Di. Hayvonlar, o’simliklar organizmida erkin holda va polisaxaridlar, glyuko- zidlar holida ko’p uchraydi. M., ayniqsa, fosfor efirlari (geksozodifosfat, gek- sozomonofosfat) holida organizmdagi moddalar almashinuvi jarayonlarida ishtirok etadi, energetik jarayonlar- da, shuningdek, uglevod va b. murakkab birikmalar sintezida qatnashadi. M., asosan, polisa-xaridlarni gidrolizlab olinadi. M. va ularning hosilalari, mas, glyukoza, fruktoza oziq-ovqat sano- atida va tibbiyotda ishlatiladi.