Montevideo

Montevideo — Urugvay poytax- ti. Montevideo departamentining ma’- muriy markazi. La-plata qo’ltig’ining shim. sohilida joylashgan. Aholisi 1,4 mln. kishi (1997). Iklimi subtropik, sernam iqlim; yanv.da o’rtacha t-ra 23°, iyulda 10°. Yillik yog’in 1000 mm. M.ga 1726 y.da ispanlar asos solgan. 1777 y.da Portugaliya, 1807 y.da Buyuk Brita- niya bosib olgan. 1816-28 y.larda Bra- ziliya tarkibida bo’lgan. 1828 y. avg. dan mustaqil Urugvay poytaxti. M. — mam- lakatning muhim sanoat, savdo va moliya markazi. M.dagi yirik sanoat korxona- larida mamlakat sanoat mahsulotining 80% ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat, neftni qayta ishlash, tsement, Metallur- giya va shina z-dlari, kimyo (oltingugurt ktasi va o’g’itlar i.ch.), farmasevtika va to’qimachilik sanoatlari, metallsozlik, elektronika, ko’n-poyabzal korxonalari, mamlakatda eng yirik qog’oz f-kasi va b. bor. M.da chet el monopoliyalari va ban- klarining filiallari joylashgan. M. — yirik t.y. va shosse yo’llar tuguni. Den- giz porti. Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. Chetga go’sht mahsulotlari, jun, teri xom ashyosi, o’simlik yog’i eksport qilinadi; chetdan mashina va jihozlar, qora metall, neft, o’rmon maxsulotlari keltiriladi.M. va unga yondosh La-plata qo’ltig’i sohillari dengiz ikdimi kuror- ti r-ni hisoblanadi. Shahar 3 qism: yangi shahar (ma’muriy markazni o’z ichiga oladi) va eski shahar qismi (sanoat korxonalari va ishchilar kvartallari) hamda shim.-Sharqiy kurort r-nidan iborat. M. — mamlakatning muhim ilmiy va madaniy markazi. M.da milliy adabiyot akademiyasi, milliy muhandislik akademiyasi, Respublika unti, Urugvay mehnat unti, milliy ku- tubxona, milliy tarix muzeyi, nafis san’at muzeyi va b. muzeylar, botanika bog’i, te-atrlar bor. Bog’va xiyobon ko’p. Me’moriy yodgorliklaridan eski shahar qismida mustamlakachilik davri- da qurilgan sobor, ratusha, teatr, parla- ment binosi va b. saqlangan. Montevideo shahri. Atlantika okea- ni sohili (plyaj.)