Montmorillonit

Montmorillonit (Fran- tsiyadagi Monmoriyon sh. nomidan) — qatlamli silikatlar sinfiga man- sub gilli mineral. Kimyoviy tarkibi o’zgaruvchan (Ca.Na) (Mg, Al, Fe)2 [(Si, Al)4O10(OH)2 nH2O. Monoklin Singo- niyali, kristallik strukturasi qatqat. Rangi oq, kulrang, qo’ng’ir. Qattikligi 1,5—2,5; zichligi 1700-2900 kg/m3. Ko’p alyuminiyli M. — beydellit, magniyli- gi —saponit, temirliligi — nontronit deb ataladi. Ishqorli muhitda har xil jinslarning nurashidan vujudga kela- Di. Dengiz muhitida gidroslyudalarning transformasiyasi, lagunali havza va quruq iqlimli tuproqlarda esa kulsimon mayda zarrachalarning chirishidan hosil bo’ladi. M. bentonit gillarning asosiy minerali. Yuqori sorbtsi-yali, namlan- ganda bo’kadi, qajmi ko’payib yoriq va g’ovaklarni to’ldiradi va suv o’tkazmaydi. M.li gillar neft va gaz uyumlari uchun yaxshi to’siq vazi-fasini o’taydi. M.li gilmoya konlari O’zbekistonda Buxoro, Samarqand, Farg’ona, Qashqadaryo, Sur- xondaryo, Navoiy viloyatlarida mavjud. M.li gillar neft, to’qimachilik, sovun- garlik, tsement sanoatlarida ishlatila- Di.