MONUMENTAL RANGTASVIR
MONUMENTAL RANGTASVIR rangtasviryaing me’morlik b-n bog’liq turi; binolarning ichki qismi, Shift- lari, qisman binoning tashqi tomoni devorlariga ishlangan tasvirlar. M.r. jamiyat hayotidan olingan muhim voqea va hodisalar, chuqur falsafiy tushun- chalarni aks ettiradi. Uzoqdan ko’rishga mo’ljallanganligi uchun obrazlarni umumlashma tarzda tasvirlashga, may- da qismlardan kamroq foydalanishga qarakat qilinadi. Ranglar ham birmuncha shartli olinishi mumkin. Ishlanish usuliga ko’ra, freska, PLA- fon va namoyon (panno)larga bo’linadi (yana k, Devoriyrassomlik). M.r. qad. san’at turi bo’lib, ibtidoiy odamlar- ning g’or devorlariga ishlagan rasmlari (mas, Zarautsoy rasmlari va b.) uning ilk namunalaridir. Qad. va o’rta asr- larda nihryatda rivojlandi va etakchi san’at turlaridan biriga aylandi. Qad. Misr va Yunonistonda keng rivojlandi, keyinroq Vizantiya va b.da ham M.r.ning Nodir namunalari yaratildi. Ayniqsa Uyg’onish davrida o’zining qaqiqiy ri- vojlanish bosqichiga erishdi. Mikelan- jeloning Vatikan saroyiga ishlagan devoriy rasmlari, Vero-nezening kom- pozisiyalari shu davrning Nodir Yodgor- liklaridir. O’rta Osiyoda, jumladan, O’zbekistonda bu san’at qad. va o’rta asrlar davrida rivojlandi. Bu davrda shohlar, zodagonlarning uylari, saroy va ibodatxonalar ko’p shaklli, harakatga boy rassomlik asarlari b-n ziynatlandi (Tuproqqal’a, Varaxsha, Bolaliktepa, Afrosiyob va b.), Te-Mur va Temuriylar davrida ham M.r. ning ajoyib namunala- ri yaratilgan. O’zbekistonda M.r.ning yangi rivoj- lanish bosqichi 20-a. 30-50-y.lariga to’g’ri keladi. Shu yillardan jamoat va ma’muriy binolarni bezash rivojlandi. O’zbekiston tabiati, kundalik tur-mush, fan, mehnat mavzuidagi kompozisiyalar yaratildi, mumtoz o’zbek adabiyotidan olingan syujetlarga rasmlar chizil- Di (Navoiy teatri binosi devorlariga ishlangan namoyonlar; mualliflari Ch. Ahmarov, O’. Tansiqboev, V. Cheprakov va b.). 60-80-y.larda ham M.r.da yuksak darajadagi asarlar yaratildi. V. JmA- kin, q. Soipov, B. Jalolov, I. Lipene, V. Burmakin va b.ning freska, mozaika, vitraj va b. asarlari yuzaga keldi. O’zbekiston mustaqillikka erishganidan keying yillarda M.r. yangi milliy mazmunmav- zular b-n boyimoqda (Temuriylar tarixi davlat muzeyi, O’zbekiston tarixi davlat muzeyi va b.).