Mosart (Mozart) Volfgang Amadey
Mosart (Mozart) Volfgang Amadey (1756.27.1, Zalsburg – 1791.5.12, Vena) — avstriyalik kompozitor. Vena klassik maktabining yirik namoyanda- si. Sozanda, o’qituvchi va kompozitor. Leopold M.ning o’g’li va shogirdi. Yoshligidanoq noyob musiqiy iste’dod va xotira egasi, virtuoz sozanda (Pia- ninochi, skripkachi), mohir dirijyor va kompozitor sifatida tanilgan: 5 yoshi- dan ilk musiqa asarlarini ijod etgan, 6 yoshdan butun Evropa bo’ylab gastrolda bo’lgan. 1770 y.dan Bolonya filarmoniya akademiyasi a’zosi. Zalsburg Knyaz- arxiepiskop saroyida kontsertmeyster (1769-77) va organchi (1779-81), Av- striya imperatori Iosif II saroyida musiqachi va kompozitor (1787 y.dan). Ma’rifatchilik davri g’oyalari ta’- siri ostida kamol topgan M.ning ijodi 18-a.ning badiiy cho’qqilaridan biri. M. uslubida klassisizmgaxos rasio- nalizm mezonlari b-n birga sentimen- talizm xususiyatlari o’zaro tutashgan. Keng qamrovli musiqiybadiiy obrazlar dunyosida jo’shqinlik va chuqur ehtiros, Iroda va matonat, ayni paytda nafis- lik va mayinlik xususiyatlari keng o’rin olgan. Uning shodlik, xushchaqchaq tuyg’ularga boy, hayotbaxsh ijodida fo- Jia mavzulari, dard-alam kayfiyatla- ri ham chuqur ifoda topgan. Eng yirik musiqa ustalari o’rtasida M. o’z ijodi- ning serqatlamligi va kengligi b-n AJ- ralib turadi. M. deyarli barcha musiqa janrlariga murojaat etib, 600 ga yaqin asar yaratgan, musiqa tarixida go’zallik va mukammal garmoniya timsoli sifatida o’z nomini qoldirgan. M. operaning yangi turlarini yaratgan. “Figaroning uyla- nishi” opera-Komedi-yasi (1786), “don Juan” opera-dramasi (1787), “Seholi fleyta” milliy opera-ertagi (1791) va b. (jami 17 ta) jahon musiqali te-atri xa- zinasining durdonalariga aylangan. Bu- lardan “Zaida” (1780), “Haramdan olib qochish” (1782), “qo-hira G’ozi” (1783) kabi operalarida Sharq mavzulariga mu- rojaat qilgan. M. ijodida simfoniya (50 ga yaqin), cholg’u kontsert (40 ga yaqin), torli kvartet (23 ta), fortepiano Sona- tasi (21 ta) rivoj topdi. M., shuningdek, turli chol-g’u asarlar, kantata, messa, kamer ansambllar, qo’shik/iap mualli- Fi. Uning so’nggi asari — “Rekviem” (1791, shogirdi F. Zyusmayer tugallagan) mazkur janrning mumtoz namunasiga aylangan. Zalsburgda xalqaro “Mosar- teum” (tarkibida ilmiy, o’quv, kontsert bo’limlari mavjud) muassasasi faoliyat ko’rsatmoqda (1880 y.dan). Ad.: Levik V.,Chet el musiqasi tarixi T., 1984.