Mosh

Mosh (Phaseolus aureus) — dukkak- doshlar oilasiga mansub bir yillik dukkakli ekin; loviya turlaridan biri. Hindiston, Xitoy va Eron kenja turla- riga bo’linadi. M.ning vatani — Jan.- g’arbiy Osiyo, mil. AV. 4—3ming yillik- da ekila boshlagan. Hozir M. O’rta Osi- yoda, Hindiston, Pokiston, Afg’oniston, Eron, Xitoy, Yaponiya va b. mamlakatlar- da ekiladi. O’q ildizi tuproqqa 1,5 met- rgacha kirib boradi, azot to’playdigan tuganaklar hosil qiladi. Sershox poya- si 20-100 sm yoyilib, tik yoki chirmash- gan holda o’sadi, barglari keng, yirik. Guli ikki jinsli, kapalaksimon, barg qo’ltiklarida 3-12 ta bo’lib joylasha- Di, rangi sariq yoki sarg’ish-yashil. Meva- si dukkak, ingichka, tsilindrsimon, uz. 6— 18 sm, ichida 6-15 ta urug’bo’ladi. Urug’i sariq, yashil va qora; 1000 dona urug’i vazni 40-80 g. M. issiqsevar, urug’i 12-15° haroratda 5-7 kunda unib chikali. Maysalari -1°, -2° da nobud bo’ladi. M. namsevar o’simlik. Urug’ining ko’karib chiqishi uchun vazni barobari- da suv berish kerak. Ayniqsa, shonalash davrida suvni ko’p talab qiladi. Soya joylarda yaxshi rivojlanmaydi. Unum- dor o’tloqi tuprokda yaxshi o’sadi. Aso- san, o’zidan changlanadi. O’zbekistonda doni bahorda ekilgani 85-95, yoz oxi- rida ekilgani 60-65 kunda etiladi. Hosil dukkaklarining 75-80% pish- ganda yig’iladi. Doni tarkibida 24— 28% oqsil, 46-50% kraxmal, 2-4% moy va vitaminlar bor. M. oziq-ovqatda qo’llaniladi, oson hazm bo’ladi, unidan makaron tayyorlashda foydalaniladi. Ko’kati chorvachiliqsa to’yimli ozuqa, po- yasidan silos bostirish mumkin. O’zbekistonda Pobeda 104 (1948 y.dan) va radost (1984 y.dan) navlari ekiladi. Sug’oriladigan erlarda gekta- ridan 10-16, ang’izga ekilganida 8-12 ts hosil olinadi. Kasall iklari : fuzarioz, bakterioz, askoxitoz, sariq mozaika; zararkunan- dalari: chertmakchi qo’ng’izlar, yalang’och shilliq qurt, dala qandalasi. Halima Otaboeva.