Moszi

Moszi, mo Di (mil. AV. 479- 400) — kad. Xitoy faylasufi va siyo- siy ar-bobi, mochilar maktabi (mo-Szya) ning asoschisi. M. va uning shogirdlari qarashlari “mo-szi” (mil. AV. 3-a. oxiri — mil. AV. 2-a. boshi) kitobida jamlan- gan. M. ta’limotining asosida “umumiy muhabbat va o’zaro foyda” to’grisidagi g’oya yotadi. Bu g’oya barcha kishilarning tengligini o’ziga xos axloqiy asoslash- ga urinishdan iborat. Uning fikricha, bu ta’limot ideal davlatdagi ijti- moiy hayotning mezoni bo’lib xizmat qilishi kerak. M. va uning tarafdor- lari konfutsiychilikka qarshi g’oyaviy kurash olib bordilar. M.ning mazkur ta’limoti konfutsiychilarning jamiyat- ni “oddiy odamlar” b-n “aslzodalar”ga, boshqaruvchi b-n boshqariluvchiga bo’lish qoidalariga qarama-qarshi qo’yilgan. M. urushlar davlatlar uchun zararli va foy- dasiz ekanligi haqidagi fikrni bildi- rib, o’zaro nizolarni tinchlik yo’li b-n echishga chaqirgan. M. fikricha, dabdaba- li marosimlar isrofgarchilikka olib keladi, bu esa davlatning zaiflashishi sabablaridan biridir. M. o’tmishga ko’r- ko’rona ergashishga qarshi va utmishda- gi narsalardan Real voqelikni yaxshi- lashda oqilona foydalanish tarafdori bo’lib chiqdi. U xalq baxtsaodati va ki- shilar ehtiyojlarini qondirish davlat boshqaruvining oliy maqsadi bo’lishi kerak, deb hisoblagan. M. qadimgi Xitoy falsafiy va ijtimoiysiyosiy tafakkuri rivojiga katta hissa qo’shdi.