MUDOFAA INSHOOTLARI
MUDOFAA INSHOOTLARI – o’t ochish, jang maydonini kuzatish va qo’shinlarni boshqarish, shaxsiy tar- kib, jangovar texnika va transport vositalarini qimoya qilish singari tadbirlar uchun mo’ljallangan insho- otlar. M.i.ga turli tipdagi okoyalar, transheyalar, o’t ochish vositalari uchun maydonchalar, kuzatish punktlari, pana joylar, blindajlar, maxsus o’qdori omborlari, aloqa yo’llari va b. kira- Di. M.i. barpo qilish juda uzoq tarix- ga ega. Qadimda shahar yoki qo’rg’onlarni dushman hujumidan himoya qilish uchun mudofaa devorlari qurilgan, qo’rg’onlar atrofida chuqur xandaqlar qazilib, ular suv b-n to’ldirib qo’yilgan. Qal’a yoki qo’rg’on devorlarida o’t ochish tuynukla- ri (shinaklar), Burjlar bo’lgan. Hoz. harbiy texnikaning taraqqiy etganligi natijasida M.i. ko’pincha, temir-beton- dan quriladi. Shuning uchun ham zamona- viy M.i. puxta niqoblanishi, ommaviy qirg’in qurollarisan himoya qilishga mo’ljallangan bo’lishi kerak.