Mufta

Mufta (nem. Muffe) (texnikada) — vallar, tishli g’ildiraklar, trubalar, ka- bellarni bir-biriga ulash uchun ishlati- ladigan detal yoki uzel. Doimiy birik- tiruvchi M.; boshqariladigan yoki ilashma M.; o’z-o’zidan boshqariladigan (avtomat) M.; sirpanma M. va maxsus M.larbor. Do- imiy biriktiruv-ch i M.lar vositasida ikki bo’lak val birlashtirilib, bitta yax- lit val xrsil qilinadi. Bunday M.ning qo’zg’almas, qo’zg’aluvchan (kompensasiya- lovchi) va elastik (qayishqoq) xillari bor. Vallarni istalgan vaqtda ulash yoki ajratish uchun boshqariladigan (ilashma) M.lar ishlatiladi. Ularning kulachok- li yoki friktsion xillari bor. Ularni mexanik, gidravlik yoki elektromagnit moslamalar vositasida avtomatik tarz- da yoki qo’lda istalgan vaqtda uzib-ulash mumkin. Sirpanma M.lar sirpanish yuz berganda, mas, etaklanuvchi yarim M. etak- chi yarim M.dan orqada qolganda ishga tushadi. Ularning gidrodinamik va elek- trodinamik xillari bor. Mashinalar- ning aylanib ishlaydigan detallariga ta’sir etayotgan kuch va moment to’satdan ortib ketganda ularni saqlash maqsadida maxsus saqlagich M.lar ishlatiladi. Valdagi kuch va moment mo’ljaldagidan oshib ketganda, avvalo M.ning boltlari sinib, vallarni bir-biridan ajratadi. Avtomatik ishlaydigan saklagich M.lar xam bor. Mas, markazdan qochma M.lar yor- damida vallar avtomatik tarzda ulanib- uzilib turadi.