Muhamedov Sobir

Muhamedov Sobir (1912.25.5 -Toshkent — 1978.12.4) — kinodrama- turg, jamoat arbobi. Uzbekistonda xiz- mat ko’rsatgan san’at arbobi (1965). 1939 y. Boku kinostudiyasida, 1941-48 y.lar “Uzbekfilm” kinostudiyasida (1955— 57 y.lar direktor) turli lavozimlarda ishlagan. 1948-55 y.lar Toshkent teatr va rassomlik san’ati in-tida o’qituvchi. Uzbekiston madaniyat ishlari vaziri muo- vini (1957-59), vazir (1959-63), Uzbe- kiston kinematografiya Davlat qo’mitasi raisi (1963-64), hujjatli va ilmiy- ommabop filmlar kinostudiyasining direktori (1966-67), Uzbekiston kine – matografchilar uyushmasi boshkaruvining raisi (1967-76), “uzbekfilm”da bosh muharrir (1977-78), Uzbekiston kino i.ch. boshqarmasining boshlig’i (1978 y. Yan-Vardan). Ko’pgina hujjatli, badiiy, multiplikasion fil’mlarning stse- nariylarini yozgan: “frontga kontsert”, “Uzbekistonimizga keling” (M. Karav- kin b-n hamkorlikda), “Hamza” (K. Yashin b-n hamkorlikda), “shiddat” (D. Vasiliu va u. Nazarov b-n), “utgan kunlar”, “Zul- matni tark etib” (A. Qodiriy asarlari asosida), “Yunus Rajabiy”, “yorug’yo’l”, “Uzbekiston o’rmonlari” va b. shular jumlasidan. V. Yanning “Chingizxon” ro- manini rus tilidan o’zbek tiliga tarji- ma qilgan. As: Kinossenariy, T., 1974; filmi i godi (A. Abdullaev b-n hamkorliqda), T., 1980.