MUHAMMAD AMINXON

MUHAMMAD AMINXON (1817-55) — Xiva xoni (1846-55). Olloqulixonning o’g’li. Xiva xonli- gini iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustahkamlashga qaratilgan oldin- gi xonlar siyosatini davom ettirdi. Atrofidagi barcha isyonkor Turkman qabilalarini bo’ysundirdi va xonlik da- romadini oshirdi. M. A. o’z hukmronligi davrida Xuroson va Marvga 10 marta- dan ko’proq qo’shin tortib bordi. Xon- lik poytaxti bo’lgan Xiva sh.da va uning atrofida keng miq-yosda qurilish va obo- donlashtirish ishlarini olib bordi. Xiva sh.da qurilgan Muhammad Aminxon Madrasasi va uning yonidagi hashamatli Ko’k (kalta) minora shular jumlasidan- dir. Hali bitmagan minorani shu davr sho-irlari “falak ayvoniga qo’yilgan US-tundek” deb ta’rifladilar. M. A. Xorazm poytaxtini ko’hna Urganch (qad. Gurganj)ga ko’chirish uchun u erda ham ko’p qurilish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdi. Lekin, Saraxs (Turkma- niston)da turkmanlar b-n bo’lgan jangda halok bo’ddi. Ad.: Mankovskaya L., Xiva, T., 1982; Xudoyberganov K., Xiva xonlari Shaja- rasi, Urganch, 1996; Abdurasulov A., Xiva [tarixiy-etnografik ocherklar], T., 1997.