MUHAMMAD JAHONGIR MIRZO
MUHAMMAD JAHONGIR MIRZO, Jahongir Mirzo (1356 y. yozi — 1376 y. o’rtalari) — Amir Temurinnt to’ng’ich o’g’li. 1355 y. Sohibqiron Amir Qazag’onning nabirasi, Husayn ibn Mu- sallabnint singlisi O’ljoy Turkon og’oga uylanadi. 1356 y. yozida ularning nikohidan M.J.M. tug’iladi. O’ljoy Turkon og’o 1366 y. oxirida vafot etadi. Sohibqironning bu xotinidan M.J.M. dan tashqari qizi Sultonbaxt begim ham bor edi. Movarounnahrni birlashtirish uchun bo’lgan kurashlarda Jahongir ot- asiga faol yordam bergan. 1374 y. iyu-nida Xorazm hokimi Yusuf so’fiyning ukasi oq so’fiyning qizi sevin bekaga uylangan. Oq so’fiy Oltin O’rda xoni O’zbekxonnkng qizi Shakarbekaga uylan- gan edi. Shuning uchun bularning qizi Sevin beka ko’proq Xonzoda nomi b-n ma’lum edi. Amir Temur Mo’g’ulistonta. yurishi chog’ida suyukli o’g’li Jahongir og’ir betob bo’lganidan xabar topib darhol orqaga qaytgan. M.J.M. 1376 y. o’rtalarida 20 yoshida vafot etadi. Uni Shahrisabz (dor-ussiyodat)ga dafn eta- dilar. Undan ikki farzand: Xonzodadan tug’ilgan 11 oylik Muhammad Sulton va otasining o’limidan qirq kun key- in Ilyos Yasovuriyning qizi baxt mulk og’odan tug’ilgan Pirmuhammad qolgan.