MUHAMMAD MUROD SAMARQANDIY

MUHAMMAD MUROD SAMARQANDIY (16-a.) — musavvir, Samarqand miniatyura maktabinchng Yi- rik vakili. O’ziga xos uslubi, yuksak ba- diiy saviyadagi asarlari b-n O’rta Osiyoda miniatyura san’ati rivojiga katta hissa qo’shgan. Firdavsiyning “Shohnoma” (1556 y.da ko’chirilgan nusxasini bezagan 115 ta miniatyurasi O’zFA shida), Sa’- diyning “Bo’ston” (Dublindagi Chester Bitti kutubxonasida) asarlariga ish- lagan miniatyuralari bizgacha etib kel- gan. M.M.S. ijodida badiiy usullarni yangilashga intilgan; an’anaviy syujet va kompozisiyalar tuzilishidan qochgan musavvir keskin syujetlarni tanlab olib (mas, o’zining orqasidan ommani zulmga qarshi ergashtira olgan temirchi Kova qo’zg’oloni, o’zining be-gunoxligini olovda sinash b-n isbotlagan Siyovush va b.), kishilarning qiyofalarini ta’sirchan ruhiy holatda bera olgan; kam shakllar orqali qo’shinlar, ularning sarkardala- ri o’rtasidagi qizg’in jang lavhalarini yaratishga erishgan. Asarlar koloriti jiddiy, keng bo’yokdar gammasida yorqin ranglar b-n bir qatorda ularning xilma- xil tuslaridan ham foydalanilgan; mu- savvirning har bir asar uchun alohida qat’iy ranglar uyg’unligini tanlab oli- shi diqqatga sazovor.