MUHAMMAD ODILSHOH Maqbarasi
MUHAMMAD ODILSHOH Maqbarasi — Bijapur (Xindiston) dagi me’moriy yodgorlik (1626-1660). “Gol-gumbaz” maqbarasi deb ham nomla- nadi. Maqbara murabba tarxdi (60×60 m), bal. 65 m, ichi ravokli, ustunsiz va bez- aksiz. Gumbaz (diametri 41 m) kattaligi jihatidan jahonda 2-o’rinni egallagan. Doira shaklida pishiq g’ishtdan terilgan. Uning asos qalinligi 3 m, yuqori qismi qalinligi esa 2,72 m dir. Ichi ravoqlari va balandligi hisobiga ancha keng ko’rinadi, 4 burchagida bir Muhammad Odilshoh maqbarasi. xilda alohida minoralar ishlangan. Minoralar jim- jimador shaklda, aylana tarxli, mayda ravoqchali darchalardan tashkil topgan. 7 qatlamli, yuqorisidagi qafasasi gum- bazcha b-n yakunlangan. Bu minoralar o’ziga xos ko’rinishi b-n hashamatli bi- noni ixcham qilib ko’rsatadi. Bosh tar- zi 3 qismli, o’rtadagi kiraverish turli shakldagi mayda ravoqchalar va sharafa- lar b-n bezatilgan. Maqbara Boburiylar hukmronligi davrida qurilgan. Tuzili- shi Ismoil Somoniy mafarasjg. o’xshash. Unda O’rta Osiyo va Hindiston me’morli- gi o’zaro uyg’unlashgan. M.O.M. muhandis- qurilish sohasidagi buyuk namunadir.