MUHAMMAD YOQUB CHINGIY
MUHAMMAD YOQUB CHINGIY (17 a. 2-yarmi — 18-a. boshlari, Hindiston) — lug’atshunos olim. Boburiylar Su- lolasi vakillaridan Avrangzeb hukmronligidavri (1658-1707)daya- shagan. M. Yo. Ch. tarjimai holi bo’yicha uning saroyda xizmat qilgani, “kelur- noma” nomli O’zbekcha-forscha lug’at tuz- ganidan boshqa ma’lumot mavjud emas. Ushbu lug’at 15 bobdan iborat bo’lib, uning 1 —14-boblarida 400 ga yaqin tur- kiy (O’zbekcha) fe’llar Arab alifbosi tartibida har biri 15 tagacha shaklda be- rilgan. Mac, aytmoq fe’li asosiy shakl sifatida keltirilib, undan keyin aytti — aytiptur — aytur — aytibidi — ay- tadur — aytmadi — aytmaptur — aytmas — aytmabidi — aytmadur — ayt — ayt- ma — aytarbiz — aytmasbiz kabi zamon va mayl shakllari forscha tarjimasi b-n berilgan. Lug’atning so’nggi, 15— bobi, o’z navbatida, 9 ta qismga bo’linadi: bunda 820 ga yaqin so’z va shakllar mavzu guruhlariga bo’lib berilgan. M.Yo.Ch. “Kelurnoma”ni tuzishda 17-a. da Hindistonda yashagan turkiyzabon aholining og’zaki nutqidagi lug’aviy birliklarni qamrab olishga harakat qilgan. Bunday birliklarning aksari- yati hoz. o’zbek tilida ham qo’llansa, ay- rimlari (arna, atan, acha, egachi, engak, but, ildirim va b.) o’zbek tili shevala- rida uchraydi, ba’zi birlari esa arxai- klashib, hoz. o’zbek tilida qo’llanmaydi. Lug’atning 2 ta qo’lyozma nusxasi mavjud bo’lib, ularning biri O’zbekiston FA Sharqshunoslik in-ti qo’lyozmalar fon- dida (inv. №5052), ikkinchisi Britaniya muzeyida saqlanadi. Ad.: Muhammad Yakub Chingi, Kelur- name (staroo’zbeksko-persidskiy slovar XVIII v.). Vvedenie, transkripsiya, Pere- VOD teksta, glossariy A. Ibragimovoy, T., 1982.