Muhammad zamon Mirzo

Muhammad zamon Mirzo (1496— 1539) — Husayn Boyqaronshnt nabirasi, Badiuzzamonning 2-o’g’li. 1506 y. Damg’on uchun bo’lgan jangda amakisi Faridun Xusayn Mirzo b-n Shapboniy- xonga asir tushib qolgan, lekin shay- boniyxon ularni qo’yib yuborgan. 1506 y. maydan Balx va uning viloyatiga egalik qilish uchun Amir O’rda Shayx b-n kurash- gan. Biroq, O’rda Shayx Balxni Boburga topshirish niyatida elchi yuboradi. M.Z. uni xoinlikda ayblab qatl etadi. O’rda Shayxning ukasi Qavombek bundan xa- bar topib, qo’shin to’plab, Kobulga, bo- bur huzuriga elchi yuboradi. Bu orada Boburning Zafarbek boshchiligidagi qo’shini shahar atrofida edi, Qavombek shahardan chiqib shahar kalitlarini unga topshiradi. Mana shu holat sababli M.Z. Sanuchahoryak mavzeiga ketadi, u erda Bobur huzuriga Muhammad Boqini elchi qilib jo’natib, tobeligini izhor qilgan. Keyinchalik M.Z. Shibirg’on hokimi Imin-bek b-n Boburga qarshi ittifoq tuzishga intilgan va shu maqsadda sa- ripulga yo’l ochgan. Biroq Bobur undan chaqqonroq harakat qilib Qorayog’ochga yurish qilib, M.Z.ning o’g’ruqini egal- lab olgan. Shundan so’ng M.Z. ham garchi- stonga ketib, tog’li viloyatlarda tenti- rab yurgan, Balxni olish uchun bir necha bor urinib ko’rgan, so’ng Sanuchahoryak viloyatiga, u erdan Shibirg’onga yo’l olgan. Bu erda u Iminbek va Ibrohim chopuqlarning Birlashgan qo’shinidan en- gilgan, asir tushgan va Bobur huzuriga, Kobulga jo’natilgan. Xondamirning guvohlik berishicha, Bobur M.Z. ning barcha gunohlarini kechirgan, yaqinlari qatoridan joy bergan va ikki oydan key- in unga Balxni in’om etgan. M.Z. Balxda 1523 y. sent.gacha hokimlik qilgan.