Muhammadjonov Mo’minjon

Muhammadjonov Mo’minjon (taxallusi toshqin; 1883 — Toshkent 1964) — yozuvchi, ma’rifatparvar, jadid- chilik harakatining namoyandasi. Sharof- boy, Beklar begi (Toshkent), Oliya (Ufa) kabi madrasalarda tahsil olgan. Ayni paytda eski maktablarda dare bergan. Toshkent, Namangan, Qo’qon, Andijon, Ush, Jalolo-bod, Xo’jand, Shahrisabz va b. shaharlarda yangi usuldagi maktablar ochgan. “Sadoyi Turkiston”, keyinchalik “Ishtirokiyun” gaz.lari va “maorif”, “Mushtum” jur.larida ishlagan. Andi- jonda Cho’lpon va Toshkentda Hamza b-n hamkorlik qilgan. XXSR maorif nozir- ligida xizmat qilgan (1920-21). Key- inchalik Uzbekiston FA Sharqshunoslik in-tida ishlagan (1944-50). M. “Qonli tun” (1926; Ziyo Sayd b-n hamkorlikda) pesasi, “turmush urinishlari” (1926) xotiralar kitobi va turli hajviy she’- rlar muallifi. As: turmush urinishlari [4nashr], T., 1969.