Muhammadjonov Zikir
Muhammadjonov Zikir (Zo- kir) (1921.1.1, Toshkent) — O’zbekiston xalq artisti (1962). O’zbekiston Qahramoni (2003). Toshkent teatr va ras- somlik san’ati in-tini tugatgan (1949). 1938 y.dan Hamza teatri (hoz. O’zbek milliy akademik drama teatri)da AK- tyor. 1977-82 y.lar O’zbekiston teatr arboblari uyushmasining raisi. M. keng qamrovli aktyor bo’lib, spektaklda, kino va televidenieda jahon dramaturgiyasi- ning mumtoz namunalarida, o’zbek adi- blarining umuminsoniy mavzularidagi asarlarida obrazlarni maxrrat b-n yarat- gan. Ferdinand (“makr va muhabbat”), Jaloliddin (“Jaloliddin Manguber- Di”), Abdullatif (“Mirzo Ulug’bek”), Navoiy (“Alisher Navoiy”), Gorasio (“Hamlet”), Kassio (“Otello”), Furqat (“Furqat”), edi-gey (“asrga tatigulik kun”), Samandar (“Samandar”), Sinta- ro (“o’g’irlangan umr”), Oktaviya Tsezar (“Yuliy Tsezar”), Dehqonboy (Shoqi so’zana”), Jabborov (“parvoz”), Yusuf- bek hoji (“o’tgan kunlar”), Beruniy (“Abu Rayxrn Beruniy”) kabi rollarida M.ning o’ziga xos ijod nafasi ovozdagi jo’shqin ehtiros, fikran teranlik va VAZ- minlik b-n to’ldirilib, imkoniyat kuchi namoyon bo’lgan. M. bir qancha filmlar- da (Maksud, “fidoyi”; prof. Karimov, “Koniyut g’orining siri”; Shoh Baxrom, “Dilorom”; Junaidxon, “uzoq-yaqin yil- lar”; Yusuf, “Alibobo va qirq qaroqchi” va b.) ham suratga tushgan. Ayniqsa, “General Rahimov” filmidagi Sobir Raximov roli aloxdda o’rin tutadi. Ge- neralga xos jo’shqinlik, shijoat, Jasur- lik, bag’ri kenglik M. ijrosida o’z aksi- ni to’la topa olgan. Aktyor videofilm va telespektakllarda qam bir qancha ob- razlar yaratgan: Ulug’bek (“Ulug’bek xazi- nasi”), Husayn Boyqaro (“Alisher na- voiy”), Isomiddin aka (“er farzandi”), prof. Komilov (“imon”) va b. shular jumlasidan. Bir qancha chet el filmla- rida ham suratga tushgan. M. yaratgan ob- razlar kuchli psixologik dramatizmi, ro- mantik ko’tarinkiligi b-n ajralib tura- Di. “Shuxrat” medali (1994), “Do’stlik” (1996), “Buyuk xizmatlari uchun” (1998) ordenlari b-n takdirlangan. As: Ta’zim, T., 1996; o’zim ko’rgan va bilganlarim, T., 1998; ulug’lar orasida, T., 2003. Toshpo’lat Tursunov.