MUHANDISLIK GEOLOG

MUHANDISLIK GEOLOGI- Yasi -geologiyaning er pusti yuqori qatlamlarining hoz. geologik sharoit- lari va dinamikasini muhandislik- qurilish va b. xo’jalik tadbirlari nuqtai nazaridan o’rganadigan sohasi. M.g.ning asosiy vazifasi — Geolo – giyaning turli inshootlarni loyihalash, qurish va undan foydalanish b-n bog’liq amaliy masalalarni echish. Shuning- dek, M.g. geografik muhitdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishda muhim rol o’ynaydi. M.g.ning il- miy yo’nalishlari: muhandislik- gruntshunoslik — tog’jin-Slarining tarkibi va muhandislik-geologik xossa- larini tabiiy joylashgan erida va lab. da o’rganadi. Regional gruntshunoslik yaxshi rivojlangan bo’lib, alohida tog’ jinslari va tuproqning M.g. xususiyatla- ri va tarqalish qonuniyatlarini tadqiq etadi; m u handislik geodinamikasi — tabiat hodisalari va odamlarning muhandislik va xo’jalik faoliyati b-n bog’liq o’zgarish va jarayonlar (surilma- lar, sel, karst, cho’kish va h.k.)ni o’rganadi va ularning oldini olish, bartaraf etish haqida tavsiyalar ishlab chiqadi; regio- nal M.g. — Er pusti turli qismlarida muhandislik-geologik sharoitlari- ning o’zgarish qonuniyatlari xarakteri- ni o’rganadi. Shuningdek, muhandislik geoekologiyasi, seysmologiya, shaxarlar, dengiz M.g. va b. rivojlanmoqda. M.g. xaritalarida barcha geologik omillar ko’rsatiladi. Inshootlarning zamini haqidagi bilimlar qadim zamonlardan to’plab kelingan. Qadimda mahobatli saroylar, maqbara va minoralar, gidrotexnika inshootlari, ibodatxonalar qurishdan oldin muhandislar amaliy tajribala- ri va ustoz-shogird vorisligi asosida qurilish bo’ladigan erni puxta o’rganib, inshootlarga salbiy ta’sir ko’rsa-tuvchi cho’kish, er qimirlash, suv bosish kabi ja- rayonlar hisobga olingan, ularni oldini olish uchun zaruriy choralar ko’rilgan. M.g. amaliyotiga rioya qilib tiklan- gan yodgorliklardan Misr ehromlari, Hindiston va Hindixitoydagi ibo- datxonalar, Xiva, Buxoro, Toshkent, Samarqand, Shahrisabz va b. qadimgi shaharlardagi madrasa, minora va b. me’moriy inshootlarning aksariyati hozirgacha saqlangan. M.g.ning Evropa- da paydo bo’lishi va rivojlanishi 19-a. ning 2-yarmida, t. y., tunnel, ko’prik, metropolitenlar qurilishi b-n bog’liq bo’lgan. O’zbekistonda M.g.ning rivojla- nishi irrigasiya inshootlari (katta Farg’ona, “Do’stlik” va b. kanallar), gidrotexnika inshootlari (Chirchiq — Bo’zsuv GESlar kaskadi, Chorvoq suv om- bori va GES), Mirzacho’l, Dalvarzin, Qarshi cho’llarini o’zlashtirish, eski shaharlarni qayta qurish, yangi shaharlar bunyod etish b-n bog’liq bo’ldi. M.g. 20- a. 30-yillaridan tez rivojlana borib, alohida fanga aylandi. Tosh-kentda 1927 y.dan turli loyihalash tashkilotlari tarkibida M.g. bo’limlari, geologiya mu- assasalarida otryadlar va h.k. bo’lgan. 1952 y. “O’zbekgidrogeologiya” tresti va uning tarkibida M.g.ekspedisiyasi, 1960 y.daToshkentda Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi ilmiy tadqiqot in-ti (“GIDROINGEO”) tashkil etildi. O’zbekistonda M.g. sohasidagi tadqiqotlar va ilmiy ishlanmalar jahon andozasidan kam emas. M.g. rivojiga K. Terdagi (AQSh), M. Arnold (Frantsiya), D. Smit (Angliya), R. Volter (Germaniya), F. P. Savarenskiy, V. A. Priklonskiy (RF), O’zbekistonda o. K. Lange, F. O. Mavlonov, K. P. Po’latov, E. V. Mavlo- Nov va b. hissa qo’shganlar. Ad:. Qodirov E. V., Shermatov M. Sh., Akbarov X. A., Mavlonov E. V., Odilov A. A., Tabiiy muhitni muqofazalashning geologik asoslari, T., 1999; Nazarov M. 3., Injenerlik geologiyasi, T., 1985; er- Gashev I., Injenerlik geologiyasi va gi- drogeologiya, T., 1990.