Muhiddinov Qo’rqmas
Muhiddinov Qo’rqmas (1946.20.3, Yangiyo’l sh.) — opera xonandasi (bas). O’zbekiston xalqartisti (1986). Moskva konservatoriyasini tugatgan (1975). 1975 y.dan1 Navoiy nomidagi opera va balet teatrida yakkaxon xonanda. O’zbekiston davlat konservatoriyasida kafedra mu- diri, dosent (2002 y.dan). M. o’zbek te- atrida Evropa mumtoz operalaridagi asosiy partiyalarni ijro etuvchi etakchi opera solisti. Chet el operalarida rus, ingliz va italyan tillarida asosiy par- tiyalarni mahorat b-n ijro etgan. Ga- liskiy (“Knyaz Igor”), Xon Boboxon (“Tohir va Zuhra”), General-gubernator (“Bo’ron”), Mefistofel (“Faust”), Bo- ris Godunov, Pimen (“Boris Godunov”), Don Bazilio (“Sevilya sartaroshi”), Ara-stu (“Sug’d elining qoploni”), Mon- terone (“Rigoletto”), Ramfis (“Aida”), Qirol Rene (“Iolanta”), Pyotr (“Pyotr I”), qozi (“Maysaraning ishi”), Muxam- mad Sayd (“Zebunniso”), Yunon elchisi (“Buyuk Temur”) va b. M. sahnada yaratgan asosiy obrazlaridan. Kontsert-ijro- chilik sohasida ham faol qatnashmoqda. Zamonamizning eng kuchli opera ijrochi-laridan bo’lib, keng diapazondagi ovozi, musiqada so’zlarning donadona ifoda etilishi, ijroda hishayajon, yuqori bas, yoqimli tembri b-n ajralib turadi. Ger- maniya, Finlyandiya, Chexoslovakiya, Rossiya va b. mamlakatlar sahnalarida o’zbek va jahon operasini namoyish etgan. Hamza nomidagi Uzbekiston Davlat mukofoti laureati (1981).