Muhtasib

Muhtasib (Arabcha — nazorat qiluvchi) — o’rta asr musulmon davlatlarida Islom marosimlari, urf-odatlari va shariat qonunlarining bajarilishi, odamlarning jamoat joylarida yurish-turishi ustidan nazorat qiluvchi amaldor. Shariat tizimiga xos mansabdor shaxslar toifasiga kirgan. O’rta Osiyoda ular rais deb atalgan. Muhtasiblar bozorlardagi narx-navo va o’lchov asboblarining to’g’riligi ustidan nazorat qilish, urf-odatlarning bajarilishini kuzatish, diniy vazifalarini bajarmagan kishilarni jazolashga xukm chiqarish kabilar bilan shug’ullangan. Buxoro amirligida M.Shayx ul-Islom va muftiydan keyin uchinchi mansab hisoblangan.