MULK SOLIG’I (MULKIY SOLIQ)

MULK SOLIG’I (MULKIY SOLIQ) – o’z tarkibiga ko’chmas mulk (yer, binolar) solig’i va shaxsiy mulk (asbob-uskunalar, zaxiralar) solig’ini oladi. Mahalliy hokimiyat organlari foydasiga hisoblanib, ko’pgina mamlakatlarda ular daromadlarining asosiy manbayi hisoblanadi. Bizning mamlakatimizda bu soliq yuridik shaxslarning mol-mulki va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqlarga bo’lingan.