Mumtoz raqs
Mumtoz raqs — o’zbek milliy rake turkumi; avloddan-avlodga utib, sayqal topib, asosan professional raqs ustalari tomonidan ijro etib kelin- gan, shakli va harakatlari tartiblashgan raqslar. Mavzu ramziy vositalar, Tim- Sollar va shartli-umumlashma xarakat- lar b-n ifoda qilinishi, illyustrativ harakatlar, maishiy unsurlar deyarli ishlatilmasligi M.r.ning eng muhim xususiyatidir. M.r. markazida — inson, uning ehtiroslari, his-tuyg’ulari tura- Di. M.r. bir kishi yoki guruh bulib ijro etiladi. Tarkibiga quyidagilarni ki- ritish mumkin: 1) maqom raqsi (maqom ohanglarida ijro etiladigan raqslar); 2) katta o’yin (Farg’ona raqslari); 3) so- zanda va mavrigixonlarning raqslari; 4) Lazgi (Xorazm turkum raqslari). O’zbekiston hududida M.r. islomgacha bo’lgan davrlardayoq (1-7-a.lar) shak- llangan. Buxoro, Samarqand, Toshkent va Shahrisabzdan chiqqan raqqosalarning Xitoy imperatori saroyida M.r.larni namoyish etganligi haqida ma’lumotlar saqlangan. Uyg’onish davrida (9-12-a. lar), ayniqsa Amir Temur va Temuriylar qukmronligi davrida M.r. ravnaqtopdi. 20-a.da zamonaviy sahnalarda namoyish qilina boshladi. Bunda Mirza Xamdam. Makaylik (Usta Muhammadxon), Tama- raxonim, maqkam Hofiz, Mukarrama Turg’unboeva va b.ning xizmatlari katta. “Dilxiroj”, “Pilla”, “Rohat”, “Tana- vor”, “Bahor” kabi sahnaviy raqslarni M.r. tushunchasiga kiritish mumkin. Ad.: Avdeeva L., O’zbek milliy raqsi tarixidan, T., 2001. Muhsin Qodirov.