Mundigak

Mundigak – Qandahor sh. (Afg’oniston)dan 55 km shim.-G’arbdagi eneolit, jez va ilk temir davriga oid qaror-goh qoldig’i. Frantsuz ekspedi- tsiyasi tomonidan kavlangan (1951-58). M.ning yuqori qatlamidan terrakotadan yasalgan haykalchalar va tosh muhrlar, o’rta qatlam (mil. AV. 3ming yillik o’rtalari) dan mis va jezdan yasalgan quyma idish- lar, jamoa uchun mo’ljallangan dafn xonalari topilgan. Quyi qatlamlardan (4ming yillik oxiri) o’troq aholi yasha- gan turar joy qoldiklari va kulolchilik charxida tayyorlangan guldor sopol idish- lar (Eron sopol idishlariga o’xshash) to- pilgan. 3ming yillik oxiri va 2-ming yillik boshlarida mahalliy madaniyat gullab yashnagan. Hashamatli me’moriy yodgorlik (eqrom, maxalliy hukmdorning qaror-gohi) va tosh haykallar topil- gan. To-pilmalardan M.da yashagan qabilalar shim. Balujiston (Kvetta madaniyati), O’rta Osiyo (Qoratepa), Eron (Hisor) va Hindiston (Xarappa mada- niyati) xalqlari b-n madaniy aloqada bo’lganligini ko’rsatadi. Mil. AV. 2-ming yillikda M. inqirozga uchragan (turar joylar kamaygan, sopol idishlar qo’lda yasalgan).