“Munojot”

“Munojot” (Arab. — yalinish, yolvorish) — yirik shakldagi o’zbek mumtoz cholg’u kuylar turkumi. 3 asosiy qismdan tashkil topgan: “M.”, “Savti M.”va “Ufari M.”. Turkumli ijroda ba’zan “Savti M.”dan keyin “oromi- jon” nomli kuy ulanib, so’ngra “Ufari M.”yangraydi. Umumiy parda tuzili- shi hamda bosh kuy mavzui bo’yicha ular Dugoh va Chorgoh maqom yo’llariga mos keladi. “M.”turkumining tarkibiy qismlari bir-biridan asosan usul negi- zi b-n farklanadi (Saraxbor, kashqarcha, Ufar). Shu b-n birga o’zbek musiqa mero- sida “Mo’g’ulchai M.”, “Muxayyari M.», “Qashqarchai M.”nomli cholg’u kuylar xam mavjud. O’tmishda “M.”Alloxdan najot, ma- dad tilab kilinadigan tungi yoki yashirin ibodat, uning ruhiy holati b-n bog’liq holda yuzaga kelgan bo’lsada, “M.”kuy- lari keng dunyoviy moxiyatga ega, lirik kayfiyatni aks ettiradigan jozibali, maftunkor, badiiy etuk asarlardir. Shu- ningdek, I. Ikromov 1940-y.larda na- voiy qalamiga mansub “kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro’kelmadi” g’azalni “M.”kuyiga mohirona bog’lab, ashula yo’lini yaratgan. Uni A. Haydarov, B. Dovidova, B. Is-hoqova kabi atoqli xo- nandalar o’ziga xos ijro uslublari b-n keng ommaga tanitgan. “M.”ning “oro- mijon” kismi esa “qoshlari qalamlar” xalqso’zlari b-n aytilib kelinadi. “M.» kuylaridan o’zbek bastakorlari va kom- pozitorlari tomonidan har xil shakl va janrlarda unumli foydalanilgan (mas, F. Mamadaliev — ko’p qismli yangicha “M.”turkumi, D. Soatqulov — “Farg’onacha kvarteti”, M. Tojiev — 3, 11simfoniyalari va b.). “M.”atamasi boshqa Sharq xalqlari (mas, uyg’ur, Eron, tatar va b.) musika me- rosida ham turli (diniy aytim, qo’shiq va b.) ma’nolarda uchraydi. Ravshan Yunusov.