Murakkab reaktsiyalar

Murakkab reaktsiyalar – ay- Rim boskichlari turli kimyoviy tabiatga ega bo’lgan kimyoviy reaktsiyalar. Hamma bosqichlari kimyoviy tabiati jihatidan o’xshash yoki bir-biridan faqat yo’nalishi b-n farq qilgan reaktsiyalar, aksincha, od- diy (elementar) re-aktsiyalardir. Bunda bir vaqtda atigi bitta, M.r.da esa yonma- yon yoki ketma-ket bir necha reaktsiya bora- Di. M.r. tarkibiga kirgan oddiy reaktsiya uning bir bosqichi bo’ladi. M.r.ga Kay- tar, parallel, ketma-ket, zanjir, kata- litik va h.k. reaktsiyalar kiradi. Qaytar reaktsiyalar — bir sharoitda bir vaqtda qarama-qarshi tomonga boruvchi re- aktsiyalar. Bunda reaktsiya uchun olingan moddalarning bir qismi reaktsiyaga ki- rishadi, bir qismi esa kirishmay qoladi. Qarama-qarshi tomonga borayotgan oddiy jarayonlarning tezligi bir-biriga ten- glashganda muvozanat karor topadi. Re- aktsiyada ishtirok etayotgan moddalarning kontsentrasiyalari muvozanat holatiga qarab uzluksiz ravishda o’zgaradi (dast- labki olingan moddalar kontsentrasi- yasi kamayadi, hosil bo’lgan mahsulotlar kontsentrasiyasi esa ko’payadi), muvozanat qaror topgandan so’ng o’zgarmay qoladi. Muvozanat holatdagi kontsentrasiya mu- vozanat kontsentrasiya deyiladi. Dast- labki olingan moddaning qancha qismi yangi moddaga aylangani (reaktsiyaning chikimi)ni muvozanat konstanta tavsif- laydi. Qaytar reaktsiyaga SO2 + N2 ^± so + N.O reaktsiyasi misol bo’la oladi. Ten- Glik alomati o’rniga yozilgan <=* aloma- ti reaktsiyaning ikki tomonga borishini ko’rsatadi. Parallel (yonma-yon boradigan) re- aktsiyalarda bir vaqtning o’zida dastlab- ki moddalardan bevosita ikki (yoki bun- dan ko’p) xil modda hosil bo’ladi. Reaktsiyaning umumiy tezligi ikkala oddiy reaktsiya tezligining yig’indisiga teng. Ketma-ket (konsekutiv) reaktsiya l a r qator oraliq moddalar hosil qilish b-n boradi. Oraliq moddalarni reaktsiya- ning borishini kuzatishda qo’llanadigan odatdagi usullar b-n aniqlab bo’lmaydi, lekin ularning kontsentrasiyasini spek – troskopik va b. fizik usullar vositasi- da aniqlash mumkin.