Mushel Georgiy Aleksandrovich

Mushel Georgiy Aleksandrovich (1909.29.7, Tambov – 1989.27.12, Tosh- kent) — kompozitor, pianinochi, pedagog. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at ar- bobi (1944). Moskva konser-vatoriyasini tugatgach (1936), Toshkent konservatoriya- sida o’qituvchi, prof. (1976). O’z ijodida Evropa kompozitorlik (mas, M.Ravel, S. Prokofev) musiqasi an’analarini davom ettirib, o’zbek musiqa merosiga xos usul va ohanglarga, shakl va uslu- blarga ijodiy tayangan. O’zbekistonda birinchilar katori simfoniya (1938), balet, kamer musiqa janrlari rivo- jiga asos solgan. “Farxrd va Shirin” operasi (V.Uspenskiy b-n hamkorlikda, 1957), “Muqimiy” (1953), “Ravshan va Zulxumor” (T.Jalilov b-n, 1957) kabi musiqali dramalar, “raqqosa” (1952), “Vaxt guli” (1959), “Kashmir afsona- si” (1961), “Samarqand haqida afsona” (1971) baletlari, 3 simfoniya, fortepi- ano va orkestr uchun 6 kontsert, skripka va orkestr uchun kontsert, organ asarlari, kamer musiqa (jumladan, “24 prelyudiya va fuga”, 1975), romans, qo’shiq, kino- filmlarga musiqalar muallifi. M. rassom sifatida turli janrlarda 100 dan ortiq tasviriy asar yaratgan. Tosh- kentda M. nomidagi yosh musiqachilar tan- lovi o’tkaziladi (1994 y.dan). Ad.: Pekker Ya., Georgiy Mushel, M., 1966.