MUSIQA CHOLG’U ASBOBLARI

MUSIQA CHOLG’U ASBOBLARI -musiqiy ton yoki o’ziga xos jarangdor tovushlar hamda ma’lum ritmik tuzilma- larni hosil etishga mo’ljallangan cholg’u asboblar; musiqani yakkanavoz yoki jamoa (turli ansambl, orkestr va b.) tarz- da ijro etishda ishlatiladi. Har bir M.ch.a.ning sadosi o’ziga xos tembr, ma’- lum diapazotm tovushqator va ifodaviy imkoniyatlarga ega. M.ch.a. sadosining si- Fati, ko’pincha, muayyan cholg’u asbobining shakli, umumiy tuzilishi, qurilmasi va uni tayyorlashda ishlatilgan materialga bog’liq. M.ch.a. qadimdan qamish, bambuk, yog’och, tosh, suyak, metall, teri, ipak, kokos yong’og’i, qovoq va b.dan tayyorlangan. Sado- lanish xususiyatini qo’shimcha vositalar (mas, surdinayaan foydalanish), ijrochi- lik uslublari (mas, torli sozlarni tir- nab-chertib chalish, flajolet va b.), ba’zi musika bezaklari yordamida o’zgartirish mumkin. Paydo bo’lishi insoniyat tari- Xining ilk davrlariga to’g’ri keladi; mukammallanishi esa musiqa san’ati va ijrochilikning rivojlanishi hamda M.ch.a.ni i. ch. texnika taraqqiyoti b-n bog’liq. M.ch.a. tovush manbalariga qarab gu- ruxdarga, ijrochilik uslubi (yoki ishla- tilgan mexanizmi)ga qarab guruhchalarga, o’ziga xos qo’shimcha belgilariga qarab xillarga bo’linadi. M.ch.a., asosan, tor- li (xordofonlar), puflab chalinadigan (aerofonlar), teri qoplamali (membra- nofonlar), tilchali (gemidiofonlar), plastinkali, elektr va elektron musiqa chol-g’ulari, idiofonlar guruhlariga bo’linadi. Torli cholg’u asboblarning gurux.chalari: kamonli sozlar (skripka, Alt, violonchel, kontrabas, Viola, o’zbek so-zlaridan g’ijjak, ko’biz, Sato va b.), chertib chalinadigan sozlar (Arfa, gusli, tsitra, gitara, domra, balalayka, dutor, tanbur, rubob, setor, do’mbira va b.), urib chalinadigan torli sozlar (chang, tsimbali va b.), klavishli urib chalinadigan sozlar (klavikord, fortepiano, Royal), klavish- li chertib chalinadigan sozlar (klavesin va uning turlari). Puflab chalinadigan cholg’u asboblarning guruhchalari: til- chali sozlar (surnay, qo’shnay, bo’lamon, shoxnay, klarnet, goboy va b.), tilchasiz sozlar (naylar, fleytalar), mundshtuk- li sozlar (truba, valtorna, Tuba, karnay va b.), pnevmatik klavishli sozlar (or- gan va uning turlari). Tilchali cholg’u asboblarning bo’linmalari: pnevmatik klavishli sozlar (fisgarmoniya, bayan, akkordeon va b.), chertib chalinadigan sozlar (changko’biz va uning turlari), urib chalinadigan sozlar (fleksaton- lar). Teri qoplamali urib chalinadigan cholg’u asboblarning guruhchalari: sozla- nadigan (litavralar), sozlanmaydigan (nog’ora, doyra, baraban, Tamburin va b.) cholg’u asboblar. Plastinkali cholg’u as- boblarning guruhchalari: urib chalina- digan rezonatorsiz sozlar (ksilofonlar va b.), urib chalinadigan rezonatorli sozlar (ovoz beradigan plastinkalari ostida ma’lum hajmdagi rezonator- lar — trubkalar, bo’sh idishlar va h. k. o’rnatilgan metallofon, Marimba, vibra- fon va b.), klavishli urib chalinadigan sozlar (chelesta va b.).Idiofonlarning guruhchalari: sozlanadigan (orkestr ko-Lokoli, ko’ng’iroqchalar, Gong va b.), so- zlanmaydigan (tarelkalar, tamtam, Mara- kas, qayroq, qoshiq, safoil, likop, pat- nis, mis lagan, zang va b.) cholg’u asboblar. M.ch.a. ba’zida xalq va professional (orkestr) turlarga ham bo’linadi. Or- kestr cholg’ulari kompozitor tomonidan yaratilgan, temperasiyali tovushqatorga asoslangan ko’p ovozli musika asarla- ri ijrosiga moslashtirilgan. Xalq cholg’ulari esa ma’lum millat (elat) mo- nodik musiqa ijrosi uchun qo’llaniladi va musiqiy tovush quroli bo’lish b-n bir- ga, moddiy madaniyat mahsuli hamdir; mukammal shaklida xalq badiiy tafakku- ri, nafosat tasav-vurlari, ramziy ma’- nolar aks etgan. Cholg’ular xalq hayotida sof estetik vazifa bajarishdan tashqari shomonbaxshilar, afsungarlar ruhiyatga ta’sir o’tkazishda, harbiylar, cho’ponlar, deh-qrnlar tomonidan boshqaruvchi, qo’rqituvchi, chorlovchi tovush quroli si- fatida foydalanib kelingan.