Musiqa ijrochiligi

Musiqa ijrochiligi – ijod turi; musiqa asarlarini xonanda yoki so- zanda tomonidan badiiy talqinda ijro etilishi. M.i. vokal, cholgu yoki aralash (vokal-cholg’u), ijrochilar soniga ko’ra yakkaxon (yakkanavoz), ansambl, orkestr, xor ijrochiligiga ajratiladi. Ijrochi- ning uslubi, uning saviyasi, maxrrati va b.ga karab asar mazmuni ijrochilik vositalari (artikulyasiya, dinamika, sur’at, agogika va b.) yordamida turli- cha ifodalanishi mumkin. Asar yaratil- gan davr va kom-pozitorning estetik qarashlari, boshqa ijrochilarning uslu- blarini o’rganish hamda badiiy ifoda vositalari (musika bezaklari va b.)ni o’z o’rnida qo’llash ijrochi uchun muhim ahamiyatga ega. Xalq M.i.da ijrochilar, asosan, o’zining ichki hissiyotlari, ama- liy tajriba va xotirasiga tayanadi. Og- zaki an’anadagi professional musiqada M.i. an’analari ustoz-shogird munosa- batlari orkali saqlanib rivoj topadi, sozanda va xonandalar esa maxsus (aruz, musika ilmi, bastakorlik kabi) bilim va qoidalarga bo’ysunadi. Musulmon Shark, mutafakkir va musiqashu-noslari (Forobiy, Ibn Sino, Isfaxoniy, Urma- viy, Jomiy, Navoiy, Bobur, Kavkabiy, Darvishali Changiy va b.) M.i. masalala- riga bag’ishlab risolalar yozgan, M.i.ga oid afsona va rivoyatlar, aniq qoidalar bayon” etishgan. Dirijyorlikniig barcha turlari ham M.i.ga kiradi.