Musiqali drama

Musiqali drama – 1) musiqa (vokal va cholg’u) hamda so’z san’atiga asoslangan sax.na asari, musikali teatr janri. Ilk namunalari Sharq (mas, 5-a. Xindiston, 12-a. Xitoy)da shakllangan. Mazkur janr Ozarbayjonda 20-a. bo- shida, O’rta Osiyo va Qozog’istonda 1920- y.larda vujudga kelgan. M.D.da sahna voqealari, qahramonlarning ichki kechin- ma va holatlari, o’zaro mu-nosabatlari so’z, musiqa, dramatik harakat, shuning- dek, raqs orqali ifodalanadi, musiqa va so’z bir-birini to’ldirib, asar mazmuni- ni ochishga xizmat qiladi. O’zbekistonda M.D. janri 1910-20 y.lardan milliy adabiybadiiy tomosha san’ati va musi- ka merosi zaminida shakllana boshla- Di. Uning tarkib topishida o’zbek xalq tomoshalarida musiqadan foydalanish tajribalari, shuningdek, Ozarbayjon teatrining musiqali dramatik spektak- llari muhim rol o’ynadi. Hamzaning “Hoy, ishchilar”, “qarmoq”, “quzg’unlar” kabi instsenirovkalari, “Farg’ona foji- asi” tetralogiyasi; G’ulom za-fariyning “Halima” pesasi; Xurshidning Navoiy dostonlari asosida yaratilgan “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun” asar- larida M.D.ning o’ziga xos jihatlari mustahkamlana boshladi. O’zbek M.D.si o’z taraqqiyotida bir necha davrni bosib o’tdi. Dastavval pesaga mos musiqa ma- teriali xalq ijodidan saralab olingan bo’lsa, 1930-y.larning boshida S Abdul- laning “po’rtana”, M. Muhamedov va K. Yashinning “ichkarida” kabi zamonaviy asarlari sahnalashtirilganida xalq musiqa merosi namunalarini qayta ish- lashga urg’u berilgan. O’zbek bastakor va kom-pozitorlari M.D. musiqasining ifodaviy imkoniyatlarini kengayti- rishdi. “Layli va Majnun” (Navoiy- ning shu nomli dostoni asosida Xurshid librettosi; T. Sodiqov va N. Mironov musiqasi), “Farhod va Shirin” (Navo- iy-Xurshid, V. Uspenskiy), “Gulsara” (K. Yashin; R. Glier) kabi M.D.lar shu- lar jumlasidandir. M.D.ning adabiy va musiqa jihatidan yuksalishida dra- maturglardan K. Yashin, S. Abdulla va bastakor T. Jalilovning xizmatlari katta. Ular qalamiga mansub “Nurxon”, “Ravshan va Zulxumor” (K. Yashin; T. Ja- lilov), “Tohir va Zuhra”, “Alpomish”, “Muqimiy”, “gul va Navro’z” (S. Abdul- la, T. Jalilov) kabi etuk M.D.lar mav- jud. 1950-y.lardan boshlab bu janrda mustaqil ijod qiluvchi o’zbek kompozi- torlari etishib chikdi: M. Leviev, A. Muhamedov, S. Boboev, H. Rahimov. Ik. Akbarov, D. Zokirov, D. Soatqulov, S. Jalil, M. Yusupov, S. Hayitboev, M. Ba- foev, M. Mahmudov, F. Olimov va b. Ular o’zbek musiqa merosi, Evropa professi- onal musiqa uslubi, ifoda vositalari va shakllari (jumladan, ariya, duet va b. ansambllar, xor va raqs sahnalari)ga tayanib, o’z M.D.larida haqiqiy musiqiy dramaturgiya hosil qilishga intilishdi. Dramaturg, kompozitor va ijrochilar- ning malakasi oshishi natijasida M.D. zamonaviy professional musiqali- dramatik janr darajasiga ko’tarildi va uziga xos xususiyatlariga ega bo’ldi. “Vatan ishqi” (3. Fatxullin, Sh. Sa’- dulla; S. Boboev), “Momo er” (Ch. Ayt- matov qissasi asosida T. Tula instseni- rovkasi; I. Akbarov musikasi), “Navoiy Astrobodda” (I. Maxsumov; Yu. Rajabiy, S. Jalil), “Prometey” (Yu. Marsinkya- Vichyus; M. Bafoev), “Yusuf va Zulayho” (R. Bobojon; F. Olimov), “kumush shahar malikasi” (I. Sulton; Ik. Akbarov) kabi M.D.lar bunga misoldir. Sof drama kabi M. D. ham musikali drama, musiqali fo- Jia, musikali komediya kabi turlarni o’z ichiga oladi. O’zbek kompozitorlari ijo- didan katta urin olgan musiqali kome- diyani musiqashunoslar mustaqil janr sifatida tadqiq qiladilar; 2) opera- ning dastlabki nomlaridan biri (ital. dramma in musica, dramma per(la) musica). 16-a. oxiri — 17-a. boshlarida Italiya (mas, K. Monteverdi ijodi)da paydo bo’lgan. 1639 y. paydo bulgan yangi “ope- ra” nomi M.D. urnini egallay boshlagan. 19-a. o’rtalarida R. Vagner o’zining yuksak musiqali-dramatik rivojiga ega bo’lgan “Nibelunglar uzugi” tetralogiyasi, “Tristan va Izolda”, “parsifal” ope- ralarini M.D. deb ta’riflagan, M. Mu- sorgskiy esa “Boris Godunov”, “Xovansh- China” kabi asarlarini xalq M.D.lari deb atagan. Ad.: Jabborov A., Musikiy drama va komediya janrlari O’zbekiston kompozi- torlarining ijodiyotida, T., 2000. Ahmadjon Jabborov.