Musiqali komediya

Musiqali komediya – kulgili, hajviy mazmun asosida (Frans. vodevil, nem. zingshpil, ital. Buff opera, ope- retta kabi) yaratilgan musikaviy sahna asari. Tarkiban muetshali dramata yaqin bo’lsada, lekin undan musiqiy tili va hajviy mazmuni b-n ajralib turadi. Bu janrning ildizlari qadim zamonlarga, Sharq va G’arb xalqlarining og’zaki ijo- diyoti, qiziqchi va masxarabozlar san’- atlariga borib taqaladi. O’zbekistonda M.k. yuzaga kelishi, musiqali dramaning jadal rivoji, mavzu doirasining ken- gayishi b-n uzviy bog’liq. Dastlab (1920- y.lar oxirida) hajviy syujetga asos-langan musiqali spektakllar qo’yilib, ularga musiqalarni rejissyor (ba’zan dramaturg)lar o’zbek xalq kuy va qo’shiq (xususan lapar, Yalla)laridan tanlashgan. Hamzaning “qarmoq” va “Maysaraning ishi”, K. Yashinning “Aji-aji”, Xurshid- ning “yomon o’g’il”, “Tullak”, “Bahor”, B. Xalilning “Oshiqlar”, S. Abdullaning “Uzunquloqli qazrat” kabi asarlari shu tarzda sahnalashtirilgan. 1940-y.lar oxirida o’zbek M.k.si mustaqil janr si- fatida shakllandi. Asardagi mavzu va g’oya hajviy-yumoristik vaziyat, xrlat, xarak- terlar bilangina emas, balki ularga mo- NAND musiqa (yakka qo’shiq, ashula, xor va raqsbop kuylar) vositasida ifodalandi: xalq teatri xususiyatlari, dialoglarda askiya an’analariga keng tayanildi. Uyg’un va M. Levievning “Oltin ko’l” (1949) asari M.k.ning ilk yuksak namunasidir. 50-60-y.larda M.k.ga e’tibor kuchayib, mazkur janr o’zbek bastakor va kompozi- torlari ijodidan mustahkam o’rin egal- ladi. Mac, H. G’ulom pesalari asosida M. Leviev “Toshbolta oshiq”, “ajab savdolar”, G’. G’ulom pesasi asosida “Zamonali va Omonali”, H. Muhammad pesasi asosida “Toshkentning Noza- nin malikasi”, J. Jabborov pesala- ri zaminida ik. Akbarov “O’jarlar” va “Yillar o’tib”, Turob to’la pesasi aso- sida “Qizbuloq”, K. Shang’itboev asari asosida A. Muhammedov “jon qizlar” M.k.lari yaratilgan. Keyinchalik M. To- jiev (“chol va kampir”), M. Mahmudov (“Hiylai sha’riy”, “To’ylar muborak”), M. Bafoev (“ettinchi jin”), F. Olimov (“Soyibxo’ja operasiyasi”, “Superqay- nona”) kabi kompozitorlar M.k. janrida muvaffaqiyatli ijod qilishdi. Ahmadjon Jabborov.