Muskul to’qimasi

Muskul to’qimasi – muskul- larning asosiy qismini tashkil etib, ularning qisqarishini ta’minlaydigan maxsus ingichka tolalar. Uning asosiy qisqaruvchi elementi miofibrillartshr. M.t. oraliq pardalar b-n o’zaro birla- shib alohida muskulni hosil qiladi, ularning sirti ham alohida parda b-n o’ralgan bo’ladi. Organizmdagi barcha M.t. tuzilishi- ga qarab silliq M.t., ko’ndalang targ’il M.t. va yurak M.t.ga ajratiladi. Silliq M.t. bir yadroli duksimon tuzilishga ega; mezenximadan (teri, me’da-ichak de- vorlari, siydiktanosil a’zolari, kon tomirlar M.t.) va ektodermadan (so’lak, ter va sut bezlari M.t.) rivojlanadi. Ko’ndalangtarg’il M.t. ko’p yadroli muskul tolasidan tuzilgan bo’lib, skelet va yurak muskulidan iborat; ontogenezda mezo- dermadan rivojlanadi. Yurak M.t. (mi- okard) ko’ndalangtarg’il muskul tolala- ridan tuzilgan bo’lsa ham g’ayriixtiyoriy qisqaradi. M.t.ning vazifasi harakat elementlarining qisqarishidan iborat. M.t.da qisqaruvchi tuzilma (miofibril- lar), trofik tuzilma (hujayra yadrosi va organellalari), muskul elementla- rining qobig’i hamda telofragmalardan iborat tayanch tuzilma farq qilinadi. Barcha muskul to’qimalarida maxsus nerv oxirlari bo’lib, ular to’qimaga nerv si- stemasidan harakat impulslarini olib keladi va unda bo’layotgan o’zgarishlar haqida Markaziy nerv sistemasiga ma’- lumot berib turadi.