Muso Sayramiy
Muso Sayramiy, Mulla Muso ibn Mulla Isoxo’ja Sayramiy (1836.23.8, Sayram tumani, Sharqiy Turkiston — 1917) — tarixchi, davlat arbobi, mudar- ris, adib va shoir. M. S. uyg’ur olimi Mulla Usmon Oxund xalfadan Qur’on, hadis, tarix, adabiyot, ilmi nujum, Ge- ogr., Arab va fors tillarini o’rgangan. “Mulla Muso”, “bola mulla”, “Mulla abjad” nomlari hamda “Sayramiy” ta- xallusi b-n Shuhrat qozongan. 19-a.ning o’rtalarida Sharqiy Turkistonda tash- kil toptan uyg’ur davlati ma’muriyati- da har xil lavozimlarda ishlagan. M. S. “Tazkiratul-avliyo, Fi muftaxul imon” (“Avliyolar tazkirasi — imon kaliti”, 1885), “dar bayoni As-hobul Qahf” (“g’or kishilari haqida”, 1903), “tarixi ami- niya” (1903), “tarixi Hamidiya” (1908) kabi tarixiy asarlar va “Devoni masna- viy” (1907) she’rlar to’plami, “Salom- noma” (1916) nomli asarlar muallifi. “Tarixi Aminiya” asarida Turkiston — Mo’g’ulistonda hukm surgan xonliklar va xonlar, Yorkend xonligi (1465 — 1759), uni manjur-xitoylar tomonidan bosib olinishi, erli aholining mustaqillik uchun kurashlari hikoya qilingan. M. S. asarlari Turkistonning 14-19-a. lar tarixini o’rganishda mu-him manba hisoblanadi.