Mustye madaniyati, Mustye davri
Mustye madaniyati, Mustye davri-ilk paleolit davrining so’nggi madaniyati (miloddan avvalgi 150-40 ming yillik). XIX asrning 60-yillarida fransuz arxeologi G.Mortilye Fransiyaning janubi-g’arbidagi Le-Mustye (Le Moustier) g’oridan suyak va tosh qurollar topganligi uchun, shu nom bilan yuritiladi. Bu davrda yashagan odamlar neandertallar nomi bilan fanga kirgan. Mustye madaniyati uchun gardishsimon nucleus va 3 burchakli tosh parrakchalar xos bo’lib, ular yog’och yo’nish, ishlash, kiyim va qurol tayyorlashda ishlatilgan. Mustye davrida nayzasimon tosh qurol, o’roq, randa, qumtosh yoki ohaktoshdan yasalgan sharlar. Mustye madaniyatining oxirida esa keskich asboblar-qirg’ich, pichoq hamda suyak qurollar paydo bo’lgan. Mustye davrida odamning jismoniy qiyofasi takomillasha borgan. Qadimgi odam (pitekantrop va sinantrop) o’zgarib, hozirgi tipdagi odamga yaqinroq bo’lgan neandertal shakliga kiradi.