Mutlaq balandlik
Mutlaq balandlik (alti- tuda) -er yuzasida muayyan nuqtaning dengiz yoki okean suvlarining o’rtacha satxidan boshlab ulchangan tik baland- ligi (m larda ulchanadi). Bu balandlik- ni ifodalovchi songa belgi deyiladi. Okean satxdtsan balanddagi nuqtalar belgisi musbat ishora (+), pastdagi man- fiy ishora (—) b-n belgilanadi. Mas, Jomolungma chuqqisining M.b.i 8848 m, Qoragiyo — 132 m (Mang’ishloq platosi- da; Qozog’iston), Mingbuloq botig’i — 12 m (Qizilqumda; O’zbekiston). M.b. nive- lirlash yordamida aniqlanadi. Dengiz va okean suvlarining ko’p yillik urtacha sathi gidrometrik po- stlarda quzg’almas qilib o’rnatilgan va gorizontal chiziqlar b-n bo’laklarga bo’lingan mis taxtacha — futshtoktsy bel- gilangan bo’ladi. O’zbekiston hududida nuqtalarning M.b.ini Boltiq dengi- zidagi Kronshtadt ko’prigi ustuniga o’rnatilgan futshtokning noliga nisba- tan hisoblash qabul qilingan. Geografik xaritalarda beriladigan barcha baland- liklar M.b.ini bildiradi.