Mutribiy

Mutribiy, Noiy (taxallus- lari; asl ism-sharifi Mavlono Sultonmuhammad Mutribiy Noiy Samarqandiy) (1558, Samarqand — 17-a. ning 30-y.lari) — shoir, adabiyotshu- nos, xattot va sozanda. Forsiyda ijod qilgan. Samarqand maktab va madrasa- larida o’qigan. Ma’lumotini oshirish uchun Buxoroga borib, zamonasining etuk olimlari qo’lida ta’lim olgan. 16- a. oxirida Samarqandga qaytib, ijod b-n shug’ullangan. M.ning Samarqandda tuzgan “Tazkirat ush-shuaro” (1605) va Hindistonda yozgan “Nusxai zeboi Jahongir” (1625) nomli adabiy va ta- rixiy asarlari hamda “xotiroti Mu- tribiy” memuari saqlangan. “Tazki- rat ush-shuaro”da 16-a. 2-yarmi — 17-a. boshlarida O’rta Osiyo va Ozarbayjonda yashab ijod etgan 320 nafardan ortiq shoirning hayoti va ijodi haqida ma’- lumot berilgan. Asar kirish qism va 2 fasldan iborat. Shoirlarning nomlari abjad tizimi asosida joilashtirilgan. M. tazkirada keltirilgan asarlarning vazn turlari, badiiy vositalari haqida ham fikr bildirgan. Shoirlarning forsiy hamda turkiy g’azallaridan na- munalar berilgan. Asar o’sha davr ada- biy muhitini o’rganishda muhim manba h.isoblanadi. “Nusxai zeboi Jahongir” tazkirasi- ni M. Hindistonda bo’lganida (1625— 27) yozib, Jahongir shohga TUH-FA etgan. Mazkur asar oxiriga shox,ning taklifi b-n Jahongirning o’zi tuzgan tazkira ilova qilingan. Unda 292 shoir haqida ma’lumot keltirilgan. M. Samarqandga qaytgach, “xotiroti Mutribiy” asari- ni yozgan. Unda O’rta Osiyo va Hindiston o’rtasidagi adabiymadaniy, siyosiy aloqalar aks etgan. M. she’rlaridan na- munalar turli manbalarda uchraydi. “Tazkirat ush-shuaro” asari O’zbekiston FA Sharq-shunoslik in-ti fondida (inv. №2253), “Nusxai zeboi Jahongir” va “Xotiroti Mutribiy”ning Hindistonda ko’chirilgan nusxasi (1665) Londondagi Indiya offis kutubxonasida saqlanadi (inv. №3023). Ll.Axmedov B. A., Istoriko-Geo- Graficheskaya literatura Sredney Azii XVI— XVIII vv. (Pismennie pamyatni- ki), T., 1985. Begali Qosimov.