Muxtorov Asrol

Muxtorov Asrol (1948.21.11, Tosh-kent) — ganchkor usta, naqqosh; O’zbekiston xalq ustasi (1999). Usta Mahmud Usmonovszm hunar o’rgangan; ustozi b-n birga ishlab (1966-79), re- spublikadagi jamoat binolari va xusu- siy turar joylarni bezashda qatnashadi. Respublika o’quvchilar va yoshlar saroy- idagi ganchkorlik to’garagiga rahbarlik qildi (1975). 1979 y.dan ganchkorlar bri- gadasiga boshchilik qilish b-n mustaqil faoliyatini boshladi. Faoliyatida ganchkorlik, kulollik va naqqoshlikni uyg’un holda olib borib, bezaklar yarat- Di. “Salom” choyxonasi (Qashqadaryo), “Dilorom” qahvaxonasi (tosh-kent) va b. jamoat binolarini ganch o’ymakorligi b-n bezadi. Toshkent sh.dagi O’zbekiston tashqi ishlar vazirligi, Toshkent sh. hokimiyati, “Turkiston” saroyi, Bay- nalmilal madaniyat markazi, Oliy maj- lis, Farg’onadagi “Al-Farg’oniy” teatri zali va b. binolarni ganch o’ymakorligi b-n bezadi. M. ko’plab shogirdlar tayyor- lagan. As: usta va shogird odobi, T., 1999.