Myanma

Myanma, Myanma Ittifoqi Re- spublikasi (Republic of the Union of Myanmar) — Jan. -Sharkiy Osiyoda, Hindixitoy ya.o.ning shim. -g’arbiy qismida joylashgan davlat. Mayd. 678,5 ming km2. Aholisi 42 mln. Kishi (2002). Poytaxti — Yangon sh. Ma’-muriy jihatdan 7 millim viloyat va 7 ma’mu- riy viloyatga bo’linadi. Davlat tuzumi. M. — respublika. 1994 y. 9 apr.dagi M. Ittifoqi Respu- blikasi Konstitusiyasi amal qiladi. Konsti-tusiyaga binoan, davlat boshlig’i — prezident, qonun chiqaruvchi hokimiyat — Millat Majlisi; ijrochi hokimiyatni hukumat amalga oshiradi. Parlament saylovigacha davlat va qonun chiqaruvchi hokimiyatning oliy organi tinchlik va taraqqiyot davlat kengashidir. Tabiati. M. — asosan, tog’li mamla- kat. Eng baland joyi 5881m (Kxakabora- zi tog’i). Sharqida Shan tog’ligi va uning dengiz bo’yigacha cho’zilgan tizmalari, g’arbida Rakxayn (Arakan-yoma), Patkay va b. tizmalar bor. Tog’larning zamini kembriygacha paydo bo’lgan kristalli va cho’kindi jinslardan tarkib topgan. Ira- Vadi tekisligi quruqlik, Daryo, ko’l va dengiz yotqizik^lari qoplagan depressi- yadan iborat. Muhim qazilma boyliKla- ri: neft, qalay, volfram, kumush, mis, qimmatbaho toshlar, qo’rg’oshin va pyx, tabiiy gaz va b. Iklimi issiq, o’zgaruvchan nam iqlim. Eng issiq oy — apr.ning o’rtacha t-rasi 30-32°, yanv. niki 13-15° dan (shim. da) 20-25° gacha (Jan.da); tog’larning shamolga ro’para yon bag’irlariga 6000— 6500 mm gacha yog’in tushadi. Seryog’in oy- lari iyun—okt. Mart va apr. eng qurg’- oqchil va issiqoylardir. Daryolari mus- son yomg’irlari mavsumida to’lib oqadi. Har yili toshqinlar bo’lib turadi. Eng katta daryolari — Iravadi, Saluin. Ko’l kam, eng yirik ko’li — Inle. Tog’li joylarda tarkibida oziq moddalari kam o’rmon tuproklari, sariq-qo’ng’ir va kizil tuproklar tarqalgan. Qurg’oqchil Markaziy viloyatlarda yuvilgan qizg’ish- qo’ng’ir tuproklar, savanna tuproklari, shuningdek, jigarrang tuproklar ko’proq uchraydi. Hududining 60% o’rmon. Tog’larning seryog’in quyi mintaqalarida doim yashil tropik o’rmonlar (palma, bambuk, kash- tan, sarv, qarag’ay va b.), yuqorirokda dub, 1200 m dan boshlab igna bargli o’rmonlar, butazorlar, o’tloklar, te- kisliklarda barg tashlaydigan tropic o’rmonlar, ayrim joylarda tik daraxti o’rmonlari, savannalar, Daryo deltalari hamda sohillarida mangra chakalakzorla- ri bor. Hayvonlardan maymun, bug’u, ta- pir, jayra, PanteRa, mangusta, yo’lbars, bo’rsiq, fil va ayiklar yashaydi. Har xil parranda, sudralib yuruvchilar va baliq ko’p. Aholisi. M. — ko’p millatli dav- lat. U erda 76 ga yaqin millat va elat bor. Myanma (birmaliklar), Karen, Shan, chin, Kachin, mon va b. xalqlar yashaydi. Hindlar, xitoylar, evropaliklar (aso- san, inglizlar) ham bor. Aholi notekis joylashgan. Rasmiy tili — Myanma tili. Dindorlari, asosan, buddaviylar (70%), musulmon, hindu va xristian jamoalari ham bor. Yirik shaharlari: Yangon, man- Dalay, Molamyan. Tarixi. M.dagi eng qad. arxeolo- giya yodgorliklari quyi paleolit dav- riga oiddir. Neolit davrida hoz. mon xalq-ining ajdodlari — monkxmerlar qabilasi yashagan. Mil. AV. 2-ming yil- likda shim.dan tibetbirma qabilalari kelib o’rnashgan. Mil. boshlaridan bu erda shahardavlatlar paydo bo’la boshla- Di (Arakan, Shrikshetra, Ramanadas va b.). 7-9-a.larda Iravadi vodiysiga Xitoyning shim.-g’arbi va Jan. -g’arbidan hoz. myanmaliklarning ajdod- lari ko’chib kelgan. Myanmalar 9— 12-a. lardan bir butun xalq sifatida tashkil topa boshladilar. 11 —13-a.larda M. hududida Pagan davlati mavjud bo’lib, budda dini qaror topdi. Arxeologiya qazilmalari va tarixiy manbalarning guvoxlik berishicha, Pagan davlatida dehqonchilik, hunarmandchilik, diniy adabiyot, musiqa, she’riyat, naqqoshlik san’ati, me’morlik rivoj topgan. 13-a. oxiriga kelib, Pagan davlati tanaz-zulga uchray boshladi. Ichki ziddiyatlar, o’zaro nizo va janglar, mo’g’ullar bosqini Pagan inqirozini tezlashtirdi. M. yana mayda davlatlarga bo’linib ketdi. 14-17-a. larda tarqoq davlatlar o’rtasida kurash kuchayib, natijada Ava davlati boshqa davlatlar ustidan g’olib chiqdi. 16-a.dan M.da evropalik (por-tugal, golland, in- gliz) savdogarlar va istilochilar paydo bo’ldi. 18-a. 2-yarmida yuqori M.da Konbaun- lar davlati paydo bo’ldi. U qo’shni mayda davlatlarni o’ziga bo’ysundirdi. Konba- unlar davlatida tarqoqlik tugatildi. Barcha erning davlat mulkiga aylani- shi markazlashgan hokimiyatning asosiy moddiy negizi bo’lib qoldi. Konbaunlar davlati Hindixitoydagi eng kuchli dav- latga aylandi. 1785 y.da Arakan, 19-a. 1-yarmida Manipur va Assam M.ga qo’shib olindi. Bu davrda madaniyat, san’at va adabiyot rivojlandi. Hashamatli qasr va saroylar, ma-hobatli budda ibodat- xonalari qurildi, birinchi teatr, bos- maxona tashkil etildi. 19-a. dan ingliz mustamlakachilari M.ni bosib olishga kirishdilar. 1824 y. 5 martda Angliya- ning Ost-Indiya kompaniyasi M.ga qarshi urush boshladi. Arakan, Tensarim vilo- yatlarini bosib oldi. Pekin inglizlar kattik, qarshilikka duch kelib, urushni davom ettirolmadilar. 1852 y. mamla- katda mon, Shan va Karen xalqlari g’alayon ko’tardi. Shu vaqtda Ost-Indiya kompa- niyasi M.ning Pegu viloyatini egalladi. 1885 y. inglizlar mustaqil Ava davlati- ni engib, butun M.ni o’z mustamlakasiga aylantirdi va uni Britaniya Hindistoni tarkibiga qo’shib oldi. Mustamlaka- chilar barcha hosildor erlarni tortib olib, milliy boyliklarni taladi. Bunga javoban milliy ozodlik harakati avj oldi. 1920 y. talabalarning Yangondagi birinchi g’alayoni myanmalarning milliy ozodlik qarakati rivojlanishiga turt- ki bo’ldi. 1930-32 y.larda mustamlaka- chilar va mahalliy hukmdorlarga qarshi katta g’alayonlar bo’lib o’tdi. Milliy ozodlik harakati 30-y.larning 2-yarmida butun mamlakatga yoyildi. Mustamlakachilar xalq g’alayonlarini to’xtatish maqsadida M.ni Britaniya Hindistoni tarkibidan ajratdilar (1937). Lekin bu tadbir milliy ozodlik harakatining rivojlanishiga to’sqinlik qilolmadi. 1942 y.da M.ni Yaponiya bosib oldi. M. xalqi yapon bo-sqinchilariga qarshi kurashdi. 1944 y.da M. xalqining milliy qaxramoni Aun San Xalq ozodli- gi antifashist ligasini tuzdi. Aun San va ne Vin boshchiligidagi Milliy ar- miya va xalq lashkarlari bosqinchilarga qarshi qurolli qo’zg’olon ko’tardilar. Yaponlar mamlakatdan quvib chiqarildi (1945). Angliyalik mustamlakachilar M. hukumati rahbarlariga qarshi suiqasd uyushtirib, Aun San va uning bir necha safdoshini o’ldirdilar (1947). Shunga qaramay, vatanparvarlar ichki va tashqi reak-tsiyaga qarshi kurashni yanada kuchay- tirdilar. Nihoyat, Angliya M. milliy mustaqilligini tan olishga majbur bo’ldi va ta’sis Majlisi o’tkazishga ro – zilik berdi (1947 y. yanv.). 12 Fev.da M.dagi turli xalqlar vakillari Pan- Lone kon-ferentsiyasida mustaqil davlat — Birma Ittifoqini tuzish to’g’risida kelishib oldilar (1989 y.gacha mamla- kat shu nom b-n ataldi). 1947 y. 24 sent. da bo’lib o’tgan ta’sis Majlisi M. kon- stitusiyasini qabul qildi. 17 okt.da im- zolangan shartnomaga binoan, M. Brita- niya imperiyasidan chiqtsi. 1948 y. 4 yanv. da rasmiy ravishda mustaqil davlat deb e’lon qilindi. U nu rahbarligida hukumat tuzildi. 1962 y.da bir guruh zobitlar davlat to’ntarishi o’tkazdi. Hukumat general ne Vin boshchiligi- dagi inqilobiy kengash qo’liga o’tdi. 1988 y. mart— avg. oylaridagi ommaviy xalq g’alayonlari natijasida ne Vin va uning tarafdorlari iste’foga chikdi. O’sha yil 18 sent.da harbiy to’ntarish bo’lib, hokimiyat qonuniylik va tartib- ni tiklash Davlat kengashi qo’liga o’tdi. 1992 y.dan kengashga rahbarlik qilib kelayotgan general tan Shve mamlakatda parlament saylovi o’tkazilgandan key- in hokimiyatni fuqaro hukumati qo’liga topshirishini bildirgan. M. -1948 y.dan BMT a’zosi. O’zR b-n diplomatiya munosabatlari 2001 y. Fev. da o’rnatilgan. Milliy bayrami — 4 yanv. — Mustaqillik kuni (1948). Siyosiy partiyalari va kasaba uyushma- lari. Xalqozodligi antifashist ligasi, 1945-47 y.larda mustamlakachilarga qarshi xalq kurashiga boshchilik qilgan, 1988 y. da qaytadan tuzilgan; demokra- tik partiya, 1988 y.da tashkil etilgan; Xalq demokratik partiyasi, 1988 y.da asos solingan; demokratiya uchun milliy liga, 1988 y.da tuzilgan; Milliy bir- lik partiyasi, 1962 y.da tashkil etilgan, 1988 y.gacha birma so-tsialistik dasturi partiyasi deb atalgan. Dehqonlar birli- gi tashkiloti kasaba uyushmasi, 1969 y.da tuzilgan Markaziy xalqdehqonlar kenga- shi negizida 1977 y.da tashkil etilgan; Ishchilar birligi tashkiloti kasaba bir- lashmasi, 1977 y.da tuzilgan; M. kasaba uyushmalari federasiyasi, 1988 y.da asos solingan. Xo’jaligi. M. — agrar mamla- kat. Yalpi ichki mahsulotda q.x.ning ulu- shi E,7s, sanoatning ulushi — 8,7%. Kddimdan sholi etishtirish b-n mashhur (yiliga 13 mln. tonna). Aholining 2/3 qismidan ko’prog’i q.x.da band. Qishloq xo’jaligi M. iqtisodiyotining negizidir. Sholikor- lik, asosan, M. Jan.da rivojlangan. Bug’doy, tariq, makkajo’xori, er yong’oq, kunjut, dukkakli ekinlar ham etishti- riladi. Bog’lar (tsitrus mevalar, banan, ananas, Mango), poliz ekinlari, choy plantasiyalari, shakarqamish, tamaki, g’o’za ham anchagina maydonni egallay- Di. Ayrim q.x. ekinlaridan 2-3 marta hosil olinadi. Chorvachiligida koramol, cho’chqa, parranda boqiladi. Koramol va fillardan o’rmonlarda yog’och tashishda foydalaniladi. Ichki suv havzalari va dengizda baliq ovlanadi. O’rmonlarda qimmatbaho (ayniqsa, tik va kauchuk) da- raxtlar ko’p. Sanoatida konruda, neft qazib olish, energetika, oziq-ovqat va to’qimachilik tarmoqlari asosiy o’rin oladi. Qo’rg’oshinrux k-ti, neftni qayta ishlash va metallurgiya z-dlari bor. Yi- liga o’rtacha 3 mlrd. kVtsoat elektr ener- giya hosil qilinadi. Iravadi daryosining yuqori oqimi, Rakxayn (Arakan) tizmasi, Pegu tog’lari, Shan platosining g’arbiy va Jan. qismlarida yog’och tayyorlanadi. Den- giz portlari va yog’och oqiziladigan Daryo bo’ylarida taxta tilish va yog’ochsozlik korxonalari qurilgan. Neft, tabiiy gaz, kumush, qalay, rux, mis, qo’rg’oshin va qimmatbaho tosh qazib olinadi. Aso- siy sholi oqlash markazlari: Yangon, Basseyn, Pegu, Xintada, Molamyan. To’qimachilik sanoati Yangon, Inseyn va Meyt-xiladagi davlat va xususiy korxo- nalardan iborat bo’lib, ularda shoyi va ip gazlama, qopqanor, neylon gazlamalar ishlab chiqariladi. Kemasozlik, Avto- mobil va traktor yig’ish, tsement va so- vungarlik z-dlari bor. Hunarmandchilik rivojlangan. Transporti. Temir yo’llar uz. 3,1 ming km, avtomobil yo’llari uz. 23,5 ming km. Daryo va dengizlarda kema qatnaydi. Eng ko’p yuk Iravadi daryosida tashiladi. Yan- Gon—Tuante, Pegu—Sita-un kanallari- da ham kema qatnaydi. Asosiy portlari: Yangon, Basseyn, Molamyan, Situe. Poy- taxtida xalqaro aeroport bor. Mamlakatga chetdan mashina va as- bob-uskunalar, ehtiyot qismlar, xom ashyo va materiallar, o’g’it, oziq-ovqat kel- tiriladi. Dengiz va q.x. mahsulotlari, yog’ochtaxta, rangli metallar, qimmatbaho toshlar eksport qilinadi. Tashqi savdo- dagi asosiy mijozlari: Xitoy, Tailand, Singapur, Hindiston, Yaponiya, Gonkong, Malayziya va Evropa hamjamiyati mamla- katlari. Pul birligi — Kyat (mahalliy nomi — Chja). Matbuoti, radioeshittirishi va tele- ko’rsatuvi. M.da bir qancha gaz. va jur. lar nashr etiladi. Asosiylari: “Botata- un” (“ilg’or”, Myanma tilida chikadigan kundalik gaz., 1958 y.dan), “Gardian” (“Posbon”, ingliz tilida chiqadigan oylik gaz., 1953 y.dan), “Myanma Alin” (“Yangi Myanma nuri”, ingliz va Myanma tillarida chikadigan kundalik gaz., 1963 y.dan), “Dochaunda” (“bizning talaba”, Myanma tilida chikadigan yoshlar oylik jur.), “Myavadi” (joy nomi, Myanma ti- lida chiqadigan adabiybadiiy jur., 1952 y.dan), “pati-eyya” (“partiya turmushi”, Myanma tilida chikadigan oylik jur., 1964 y.dan). M. axborot agentligi (mna) hukumat xizmati bo’lib, 1963 y.da tuzil- gan. M. radio va televizion xizmat 1946 y.da tashkil etilgan. Televidenie (rang- li) 1980 y.dan ishlay boshlagan. Adabiyoti. Mil. boshlariga oid palma yaprokdari, toshlarga bitilgan she’riy va nasriy yozuvlar M.ning kad. adabiy an’analaridan darak beradi. M. adabiyotining paydo bo’lishi va shak- llanishi 9-13-a.largato’g’ri keladi. 14— 16-a.larda M. mumtoz she’riyati rivojlandi. Shin Maxatilavunta, Shin Ma-xaratatara, Shin Oun Nouning Di- niy dostonlarida o’sha davr hayoti, tabi- at go’zalligi aks ettirilgan. Navadeyja, Natshinnaun, Taunbila Sxayado (16— 17-a.lar) she’riy shakllarni (mogun, Pou, echxin va h.k.) takomillashtirdi- lar. 18-a.ning 2-yarmi va 19-a.da mumtoz she’riyat an’analarini davom ettirgan U Toy, Levetoundara kabilar she’riyatda samarali ijod qildilar. 18-a.da pali, sanskrit, hindi tillaridan tarjimalar qilindi. 18-a. oxirida milliy dramalar Shuhrat qozondi. Shoir, harbiy boshliq U. Sa Tailand eposi va xalq rivoyatlari asosida dramalaryozdi. 19-a. oxiri va 20- a. boshlarida M. adabiyotida Jeyms Xla Jo, u Ji, u lat kabi adiblar yangi roman janrini rivojlantirdilar. Hoz. zamon romanlarining paydo bo’lishi Pi Mou Nin nomi b-n bog’liiq (“kechki quyosh”). Max Sxvey romanlarida (“onamiz”) ij- timoiy mavzular aks ettirilgan. 20-a. ning 1-yarmi adabiyotida xalqning mu- stamlakachilik zulmiga qarshi ozodlik kurashi ifodalangan. Vatanparvarlik harakati tashkilotchilaridan biri yozuv- chi Takin KODO Xmayndir. U Ba Chxou, U Yan Aun kabi adiblar ijodida jamiyat hayotining turli tomonlari ochib beril- gan. Ko’p yozuvchilar buddizmni tashviq qildi. M. mustaqillikka erishgach (1948), yozuvchilar adabiyotni yangi g’oya va mavzu b-n boyitdilar (da-goun taya, tin Mou). Turli avlodga mansub adiblar (Ma Ma Le, Aun Lin va h.k.) jahon adabiyoti taj- ribasi va M. nasrchiligining eng yaxshi an’analari negizida badiiy shakllarni ta-komillashtirdi, muhim ijtimoiy, axloqiymaishiy muammolarni ko’tarib chikdi. Adabiyotda vatanparvarlik, tin- chlik uchun kurash, yangi jamiyat qurish kabi etakchi mavzular keng o’rin olgan. Me’morligi va tasviriy san’ati. Taton, Pi kabi qad. shaharlardagi arxeologik qazishlar natijasida to-pilgan Budda ibodatxonalarining xarobalari va bron- za buyumlarida hind me’morligi hamda san’atining ta’siri ko’zga tashlanadi. Pagan va b. shaharlarda o’rta asrlarga oid ko’pgina san’-at va me’morlik yodgorli- klari saqlangan. Ananda (1090), Dxama- yand (1160), Tabinyu (1144) ibodatxona – lari qurilgan. Yodgorliklar mahobatli bo’lib, murakkab jimjimador bezaklar- ga boy, serxasham. Pagandagi ibodatxona- lar yonida qad. kitoblar saqlanadigan ku- tubxona (Tayk)lar bo’lgan. Bulardan eng mashquri Pitakatteykdir (1508). Key- ingi davrda qurilgan binolarning me’- moriy tuzilishida o’rta asr binolariga nisbatan yangilik yo’q, faqat hajmining kattaligi b-n farqlanadi. Ular qad. stupalar yoniga qurilgan. Mac, Yangon- dagi Shuedagoun stupasi o’zining ziy- natli bezaklari, kattaligi b-n mashhur. Bu Osiyodagi eng baland (107 m) va katta (70000 m2) binolardan biri. U qanotli sherlar, ko’p boshli ilonlar tasviri b-n bezatilgan. Yog’och bezaklar ustiga tilla suvi yugurtirilgan. Keyingi yillar- da milliy va chet ellik me’morlarning loyihalari asosida zamonaviy binolar qurshshi. M. haykaltaroshligi (asosan, Budda haykallari)da nafislik va nozi- klik ko’zga tashlanadi. Hoz. zamon tas- viriy san’ati, ayniqsa, rassomchiligida milliylikka ahamiyat berilgan (rassom U. Kin Maun, haykaltarosh u Xan tin va b.). M. xalq amaliy san’atida uymakor- lik, kashtachilik va b. mashhur. Musiqasi teatr va raqslar b-n bog’liq. Uning manbai kad. diniy marosimlarga borib takaladi. Buddaviylikdan ancha oldin (9-a.) cholg’u musiqa shakllangan. Pagan davlati (11 — 13-a.lar) davrida yuksak rivoji diniy pagoda (qasr) de- vorlaridagi suratlarda raqqoslar b-n mashshoqlar ifodasida tasvirlangan. Xitoy yilnomalarida esa qo’shiq va raqslar b-n musika asboblarining tas- viri va tavsifi berilgan. Ommalashgan M. orkestri — saynvayn 1538 y.da pay- do bulgan; to-vushqatori bo’yicha doyra urtasiga terib osilgan 21 baraban (pat- sayi), ta-yoqcha b-n urib chalinadigan 18 Gong, surnaysimon xne, kattakichik zil- lar (lingvin va kxekvin), 13 Eshma ipak tor urnatilgan qayiq shaklidagi Arfa — saun, timsoh shaklidagi 3 torli chertma — tounlounsaun, bug’shaklidagi potau- ku, chang shaklidagi pattala, xilma-xil qung’iroqchalar, tartarak kabi asboblar. Qo’shiqchi raqqoslar qadimda ko’proq jangovar taronalar ijro qilishgan. Keyingi vaqtda zamonaviy professio- nal musiqa san’ati rivojlana boshla- Di. Yangon va Mandalay sh.larida davlat musiqa va drama maktablari ochilgan. Bu erda mumtoz Myanma va evropacha musiqiy an’analar urganilib, ijodiy rivojlan- tirilayotir. Teatri. M.da teatr tomoshalari azal- dan diniy marosim va xalq bayramlari- ning tarkibiy qismi bulgan. Xalq say- illari va intermediya shakllari diniy udumlar va mehnat jarayonlaridan kelib chiqqan. Teatr haqidagi dastlabki ma’- lumot 11-a.ga oid. O’sha davrda qo’shiq va rake ishtirokidagi musiqiy Interme- diya, pantomima urf bulgan. Dabdabali diniy tomoshalarga asta-sekin hajviy sahnalar kiritila boshlagan. 15-a.da ertak va diniy rivoyatlarni jonlanti- ruvchi “nibatking” (misteriya), 16-a.da qo’g’irchoq teatri, 18-a. oxirida saroy te- atri paydo buddi, yangi janr — “pyaza” shakllandi. Xalq teatrida saqna, parda va dekorasiyalar bulmas, tomoshabinlar bordon ustida yoki erda utirishar, Zoda- gonlar tomo-shani tepalikdan kurishar edi. Aktyorlarning liboslariga alohida e’tibor berilar: qirol, mulozim, rohib va b.larning kiyimi risoladagidek bu- lishi shart edi. Teatrga Xitoy va Xindi- ston san’atiningta’siri kuchli bulgan. 19-a. oxirida Yangonda birinchi doimiy teatr binosi qurildi. M. mustaqillikka erishgach, barcha yirik shaharlarda ko’chma teatrlar, qishloq joylarda havaskor xalq teatrlari tashkil etildi. Aktyorlar davlat musiqa va drama maktablarida tayyorlanadi. Kinosi. 1918 y.da suratxona egasi u On Maun “Byorma film kompaniya” firma- sini tashkil etib, “muhabbat va sharob” filmini suratga oldi (1920). 20-y.lar- da Yangonda bir necha kinokom-paniyalar vujudga keldi, ular Budda rivoyatlari mavzuidagi kartinalar, melodrama va komediyalar, sarguzasht filmlar chikar-dilar. 1932 y.da birinchi ovozli film — “Pul sotilmaydi” (rej. D. Natshin) suratga olindi. 2ja-hon urushidan ol- dingi filmlarda in-gliz mustamla- kachilariga qarshi kurash ruhi yaqkrl aks etdi. 2-jahon urushi va yapon okku- pasiyasi davridagi vayronagarchilik, mustaqillikning dastlabki yillarida- gi ichki qurolli mojarolar oqibatida kino i.ch. yaxshi rivoj topmadi. 60-y.lar- da xususiy kinostudiyalar mahsulotida ko’ngilochar filmlar US-tunlik qildi. 1966 y.da davlat kino-kompaniyasi “Se- vikli Diyor” badiiy filmini yaratdi. Keyingi yillarda ekranga chikarilgan lentalar orasida “zamonaning zayli” (rej. Maun mo Min), “yurak tilga kir- Di” (rej. Tu KXA), “muhabbat chamanzori” (rej. Ey Van Maun Ji), “Sen b-n Fax- rlanaman” (rej. U Pxo Xan), “Bashorat” (rej. Pan ta tin) kabi badiiy filmlar e’ti-borga sazovor. M.da yiliga 30 dan ziyod badiiy film ishlab chiqariladi.