MYAO

MYAO (MeO, o’zlarini Xmong deb atashadi) — Janubiy Xitoy, Shimoliy Vetnam, Laos, Myanma va Tailanddagi xalq. Umumiy soni 8,53 million kishi, jumladan, Xitoyda 7,65 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Myao-Yao til guruxiga mansub tilda so’zlashadi. An’anaviy diniy e’tiqodlarga rioya qiladilar. Dehqonchilik (sholi), to’quvchilik bilan shug’ullanadi.