Myunxen universiteti

Myunxen universiteti, Lyudvig Maksimilian nomidagi Myunxen universiteti — Germaniyaning qadimgi va yirik universitetlaridan biri. 1472 yilda Ingolshtadt shahrida tashkil etilgan. 19- asr boshlarida Landsxut shahriga ko’chirilgan. 1826 yildan Myunxen shahrida. Huquq, siyosiy iqtisod, matematika, fizika, kimyo, farmatsevtika, biologiya, geologiya, tibbiyot, veterinariya, o’rmon xo’jaligi, falsafa va boshqa sohalar bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. 60 mingdan ortiq talaba ta’lim oladi. Kutubxonasi (1472 yil tashkil etilgan)da 1 milliondan ortiq asar saqlanadi.