Myuzik-Xoll

Myuzik-Xoll (ing. music-hall — musikali zal, kontsert zali) — estrada teatri turi. 19-a. Angliyada London ta- Verna (oshxona)larida yuzaga kelgan. Da- stlab havaskor musiqachilar tomonidan ijro etilgan eski xalq qo’shiklaridan tarkib topib, keyinroq M.-x.ga profes- sional san’atkorlar jalb etilgan (1848 y. Ch. Morton tashkil etgan Canterburry Hall). Unda qisqa pesa, qo’shiq, raqslar ijro etilgan, ko’zbo’yamachi, muqallidlar tomosha ko’rsatgan. Keyinchalik Evropa va Amerika mamlakatlarida, 1880-y.lar- dan faqat tomosha muassasasi sifatida keng rivoj topgan. M.-x. dasturlari tur- li janrlarga oid kichik tomoshalardan iborat bo’lib, musiqali-estrada kon- tserti yoki muay-Yan syujetga asoslangan musiqali estrada spektakllarini tash- kil qiladi. O’zbekistonda ilk M.-x. dasturi “Bandung ruhi” nomi b-n 1958 y.da tosh- kentda bo’lib o’tgan 1-Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi yozuvchilari anjumani- da ko’rsatilgan (rej.lar A. Qobulov va A. Ikonnikov, dirijyor — A. Dvoskin, so- listlar — Botir va Luiza Zokirovlar, K. Jalilova va b.). 1973-78 y.larda Toshkent M.-x.i faoliyat ko’rsatgan (ba- diiy rahbari va bosh re-j.i — Botir Zokirov).