Myuzikl
Myuzikl (ing. musical — musiqali) — asosan, komediya xarakteridagi musiqali sahna asari. Zamonaviy estra- da, maishiy musiqa, raqs, drama va ope- raning ayrim ifoda vositalaridan foy- dalaniladi. 19-a.ning 2-yarmida AQShda yuzaga kelgan (Biknelning “g’amgin muttaham” spektakli, 1866). Ayniqsa, 20-a.da keng rivoj topdi. Rojersning “Oklaxoma” (1943), Louning “Mening go’zal Malikam” (1956), Bernstaynning “Vestsayd voqeasi” (1957), Germanning “Xello, Dolli!”(1964) M.lari butun dunyoga mashhur bo’ldi. Ular jaz musika xususiyatlari, rivojlangan xoreogra- FIK sahnalar, keskin dramatik rivoji b-n ajralib turadi. M.lar O’zbekiston teatrlarida ham qo’yilgan (“laman- chlik kishi”, M.Li; “serdaromad joy”, A. Berlin; “mening go’zal Malikam”, F.Lou va b.). O’zbekistonda M., asosan, Bolalar te-atri sahnasida rivojlan- gan. V. Milov (“musiqa mamlakati- dagi sarguzashtlar”, “Ali bobo va 40 qaroqchi”, “Bo’g’irsoq”, “ajdaho va nay”), A. Ergashev (“tegirmon ustida oftob yarqilaydi”, “Ilonqirolicha”, “qor ma- likasi”), A. Ikromov (“Morozko”, “An- dersen ertaklari” va b.), A. Mansurov (“Sindbadning sarguzashtlari”) kabilar M. yaratganlar.