NARX OMILLARI

NARX OMILLARI – narxning shakllanishiga, uning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar: qiymat, raqobat, naflik, talab va taklif. Ular harakati bir yo’nalishda bormay, narx darajasiga nisbatan qarama-qarshi ta’sir etishi mumkin. Ushbu omillardan biri narxni ko’tarsa, boshqasi pasaytiradi. Masalan, qiymatning pasayishi narxni arzonlashtiradi, talabning ortishi uni qimmatlashtiradi. Naflikning yuqori bo’lishi yuqori narxni taqozo etsa, raqobat kurashi uni pasaytiradi.