Nastursiya, kapusin

Nastursiya, kapusin (Tgoraeolum) — nasturtsiyadoshlar oilasiga mansub bir yoki ko’p yillik o’simliklar turkumi. Ko’pincha Janubiy Amerikada, asosan, and tog’larida o’rmon va chakalakzorlarda 80 ga yaqin turi o’sadi. Novdalari sersuv, sershox. Bargi qalqonsimon, panjasimon kesik, bandli. Guli yakka, yirik, qizil, sariq yoki olov rang, ikki jinsli. Mevasi bir urug’li, uch pallaga ajraladi. Manzarali o’simlik sifatida o’stiriladi.