NAVOIY ERKIN INDUSTRIAL IQTISODIY ZONASI
NAVOIY ERKIN INDUSTRIAL IQTISODIY ZONASI – jahon standartlariga j avob beradigan va jahon bozorlarida talab qilinadigan mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan, zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy investitsiyalarni, birinchi galda to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni jalb etish bo’yicha qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, Navoiy viloyatining sanoat salohiyatini, ishlab chiqarish, transport tranzit va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 3 dekabrdagi “Navoiy viloyatida erkin industrial iqtisodiy zona tashkil etish to’g’risida’ gi qarori asosida tashkil etilgan. “Navoiy” erkin industrial iqtisodiy zona hududida xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining asosiy yo’nalishi – zamonaviy xorijiy yuqori unumli asbobuskunalar va texnika, texnologik liniyalar va modullar, innovatsiya texnologiyalarini joriy etish hisobiga yuqori texnologiyali, jahon bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlarni keng ko’Iamda ishlab chiqarishdan iborat.